Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2017 16:31 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

Bishkek, 5-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 5-sentabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkekga keldi.

Ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

O‘zA
3 283






Все о погоде - Pogoda.uz