O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-mart kuni davlat tashrifi bilan Dushanbega keldi.

Dushanbe, 9-mart. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakr O‘rozov xabar qiladi.

Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

O‘zbekiston bilan Tojikistonni umumiy tarix, uzviy ma’naviy qadriyatlar bog‘lab turadi. Ikki xalq azaldan bir daryodan suv ichgan, qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan. Bizni ikki tilda gaplashuvchi bir xalq deyishadi. Azaliy qo‘shnilik va o‘zaro hurmat an’analari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilyapti.

So‘nggi vaqtlarda o‘zaro aloqalarda ulkan o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2016-yilning sentabridan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston rahbari o‘rtasida to‘rt marta uchrashuv, samimiy va muhim telefon muloqotlari o‘tkazildi. Prezidentlar o‘zaro aloqalarni ikki qardosh xalq manfaatlaridan kelib chiqib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida birgalikda ishlashga tayyor ekanini bir necha marotaba qayd etdi.

Joriy yilning 10-11-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Dushanbe shahrida bo‘lib, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha Hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etdi. O‘tgan yili mamlakatlarimiz poytaxtlari o‘rtasidagi aviatashuvlar, temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi. Samarqand – Panjikent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li ochildi. O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasida o‘tkazish punktlari o‘z ishini tikladi.

2017-yilda Toshkent va Dushanbe shaharlarida ishbilarmon doiralar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish, savdo bitimlari va shartnomalarni tuzishga asos bo‘lgan milliy ko‘rgazmalar va biznes-forumlar tashkil etildi. Ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil, temir yo‘l va havo qatnovi yo‘nalishlari qayta tiklandi. Aprel oyida Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. 2017-yilda Tojikiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyati kunlari va O‘zbekiston Respublikasida Tojikiston Respublikasi madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Yurtimizda tojik millatiga mansub qariyb 1,5 million fuqaro istiqomat qiladi. Mamlakatimizning 10 hududida tojik milliy madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Samarqand, Termiz, Farg‘ona davlat universitetlarida tojik tilida mashg‘ulotlar olib boriladi.

Tashrifning asosiy voqealari Dushanbe shahridagi Millat qasrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Shundan so‘ng Prezidentlarning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga samimiy qabul va O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda kuzatilayotgan o‘sish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan mamlakat salohiyatini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish va davlatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ishlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘zaro sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha qat’iy azmu shijoat namoyish etmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ko‘lami kengayib, konstruktiv siyosiy muloqot o‘rnatilayotir. Oliy darajadagi aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi davr talablari asosida rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida 2000-yilda imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomada ikki tomonlama munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan.

Tomonlar xalqaro maydonda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni izchil davom ettirib kelmoqda.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga javob beradigan, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va izchil rivojlanishni ta’minlashda asosiy omil bo‘ladigan darajaga ko‘tarilmoqda.

Uchrashuvda Tojikiston tomoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» va «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolutsiyalarini, shuningdek, Yoshlar huquqlari to‘g‘risida BMT konvensiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

O‘zbekiston va Tojikiston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvda hamkorlikning boshqa muhim masalalari ham ko‘rib chiqildi. Muzokarada uzoq muddatli munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi mavjud yuksak salohiyatni imkon qadar to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil va jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. 2017-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 240 million dollarni tashkil etdi. Bu oxirgi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘zaro tovar yetkazib berish hajmi, xizmatlarni hisobga olmaganda, keyingi ikki yilda 10 martadan ortiq ko‘paydi. Bunda transport vositalari va xizmatlari, to‘qimachilik va plastmassa mahsulotlari, maishiy texnika vositalari asosiy o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tojikistonlik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 25 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish maqsadida Dushanbe va Toshkentda qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida “Tojikiston – O‘zbekiston” ishbilarmonlar kengashi tuzilib, tashrif doirasida uning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tomonlar yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotni qayta ishlash, tranzit uchun qulay sharoitlar yaratish, mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish kabi sohalarda atroflicha fikr almashdi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi imkoniyatlar darajasida emasligi e’tirof etilib, ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 500 million dollarga yetkazish uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muzokarada qo‘shma korxonalar va savdo uylarini tashkil etish, tashqi savdo infratuzilmalari va eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ikki tomonlama biznes-forumlar va sanoat mahsulotlari milliy ko‘rgazmalarini tashkil qilish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Xususan, Dushanbe shahrida tashkil qilingan «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» ko‘rgazmasi va O‘zbekiston – Tojikiston qo‘shma biznes-forumiga yuqori baho berildi.

Oliy darajadagi uchrashuvda ta’kidlanganidek, ikki davlatning umumiy transport-kommunikatsiyaviy imkoniyati va tranzit salohiyatidan to‘la foydalanishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada hamkorlikni kengaytirish va mavjud avtomobil, temir yo‘l, havo qatnovi yo‘nalishlarini qayta tiklash va yangilarini yaratish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Muzokarada tegishli vazirlik va idoralarga ikki tomonlama kelishuvlardan samarali foydalanish va hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ishbilarmonlarning bevosita aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi vazifalar topshirildi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro muammolarni hal etishga ko‘maklashish, terrorizm va ekstremizm hamda boshqa turdagi uyushgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalarida davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdan O‘zbekiston ham, Tojikiston ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Ochiq muloqot, o‘zaro anglashuv ruhida o‘tgan muzokarada mintaqa davlatlari manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish, muammolarni hal etishda umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Ma’lumki, Tojikiston 2018-yilda MDHga raislik qilmoqda. Hamdo‘stlikni o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida rivojlantirish, uni ta’sirchan muzokara maydoniga aylantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish ikki davlat uchun ham manfaatlidir. O‘zbekiston tomoni Tojikistonning Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Antinarkotik markazini tashkil qilish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik borasida ham fikr almashildi. Qayd etilganidek, ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va sport jamoalari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning mamlakat poytaxtidagi “Yoshlikning 50 yilligi” istirohat bog‘i nomini “Nizomiddin Alisher Navoiy” deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmoyishi ikki xalq madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomonining Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik o‘rnatgani katta mamnuniyat bilan qabul qilindi. Bundan tashqari, Toshkent metropolitenining Sergeli tumanida qurilayotgan stansiyalaridan biriga atoqli tojik shoiri, Tojikiston Qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berildi.

Prezidentlar o‘zbek tilini Tojikistonda, tojik tilini O‘zbekistonda o‘rganish va o‘rgatishni takomillashtirish, o‘quv va badiiy adabiyotlar, davriy va ilmiy nashrlar bilan almashuv, ikki mamlakatning mumtoz adabiyot vakillari va zamonaviy mualliflari asarlarini tarjima qilishga alohida e’tibor qaratdi. Ta’lim va fan sohasida o‘zaro munosabatlarni, shu jumladan, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari va fanlar akademiyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga Abdurahmon Jomiyning sara asarlari jamlanib, o‘zbek tilida chop etilgan «Muhabbat maxzani» kitobini sovg‘a qildi.

Oliy darajadagi muzokaralar ikki tomonning ham o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, qo‘lni qo‘lga berib, yangi marralar sari dadil qadamlar tashlashga tayyor ekanini namoyon etdi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Bundan tashqari, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi.

Ushbu salmoqli hujjatlar to‘plami mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun yangi huquqiy asos yaratadi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon muzokaralar o‘zaro hurmat, ishonch va ishchanlik ruhida o‘tganini, mazkur tarixiy tashrif manfaatli kelishuvlarga erishishda muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston – Tojikiston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishini ta’kidladilar.

– Ushbu tarixiy tashrif doirasida O‘zbekiston bilan Tojikistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa ustuvor sohalardagi munosabatlarini mustahkamlashga doir dolzarb masalalarni muhokama qildik. Erishilgan kelishuvlar nafaqat xalqlarimiz, balki butun mintaqa uchun ulkan ahamiyatga ega, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari Dushanbe shahridagi “Do‘stlik” maydoniga tashrif buyurdi. Bu yerda somoniylar davlati asoschisi, millat ozodligi va tinchlik ramzi bo‘lgan Ismoil Somoniy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Mazkur yodgorlik tojik xalqi uchun tabarruk maskan hisoblanadi. Somoniylar davlati tashkil topganining ming yilligi munosabati bilan bunyod etilgan haykalning balandligi 13 metr bo‘lib, qimmatli ma’naviy yodgorlik sanaladi.

Davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon hamrohligida mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Davlat rahbarlari ko‘rgazmaga kirishdan oldin «G‘alaba – Amuzang – Xoshadi» temir yo‘l liniyasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezidentlar poyezdlar qatnovini boshlash tugmasini bosdi. Ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l qatnovi rasman yo‘lga qo‘yildi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari va delegatsiya a’zolari ko‘rgazmada namoyishga qo‘yilgan mahsulotlar bilan tanishdi. Ko‘rgazmada avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo, neft-gaz, metallurgiya, elektrotexnika, yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, qurilish ashyolari hamda hunarmandlik namunalari keng namoyish etilmoqda.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirish barobarida, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash lozimligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Tojikiston Prezidenti mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga yuqori baho berdi, turlari ko‘pligini ta’kidladi. Qo‘shma korxonalar tashkil etish taklifini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston – Tojikiston biznes-forumi ham bo‘lib o‘tdi. Forumda mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoit, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, chet el sarmoyadorlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot berildi. Tojikiston tomoni ham mavjud iqtisodiy imkoniyatlari taqdimotini o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Tojikiston: Azaliy qadriyatlar va yaqin qo‘shnilikka asoslangan hamkorlikning yangi davri