2017-yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.

Qayd etildiki, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini yanada qisqartirish, tadbirkorlik faoliyati davlat kafolatlari va himoyasini kuchaytirish, invesititsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishga ko‘maklashdi.

Tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirib hamda ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni ijro etgan holda 2017-yil byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi kutilayotganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 14-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida belgilangan defitsitsiz byudjet to‘g‘risidagi vazifaga muvofiqdir.

Mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va daromad bazasini mustahkamlash, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha manbalarni jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Davlat byudjeti parametrlarining ijro etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Majlisda hududlarning real imkoniyatlaridan kelib chiqib, yechimini kutayotgan mavjud muammolarni va joylardagi ishlarning haqiqiy holatini o‘rgangan holda ishlab chiqilgan kelgusi yil mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari, byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlari bo‘yicha yondashuv va takliflar har tomonlama va chuqur muhokama qilindi.

2018-yilda soliq va byudjet siyosatini takomillashtirishga, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishga va byudjetlararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlarida qabul qilingan davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga tashriflari yakunlarida bergan topshiriqlarini, shuningdek, valyuta siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilgan.

Mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini yanada mustahkamlash, ularning daromadlar bo‘yicha vakolatlarini va daromadlar prognozi oshirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etishda mustaqilligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o‘rtasida byudjetlararo munosabatlarning yangi mexanizmi joriy etilmoqda.

Majlisda qayd etildiki, valyuta va narx-navo siyosatini erkinlashtirish sharoitlarida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini, shu jumladan yo‘llar qurish, suv ta’minoti bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish hamda yillar davomida o‘z yechimini kutayotgan mumammolarni bartaraf etish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mazkur yo‘nalishda vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan ishlar olib borilmoqda va bularning natijasi bugungi kundayoq sezilmoqda.

Majlis ishtirokchilari tomonidan 2018-yilga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari har tomonlama ko‘rib chiqildi, unda soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish va byudjetga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash, jumladan:

– foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini birlashtirish orqali umumiy bazaviy stavkani 15,5 foizdan 14,5 foizgacha kamaytirish;

– Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalarni yagona to‘lovga – davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarga birlashtirish orqali umumiy stavkani 3,5 foizdan 3,2 foizgacha kamaytirish, bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufida qariyb 411 milliard so‘m mablag‘ qoldirish imkonini berishi;

– jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish va bu fuqarolarning jamg‘armalarini umuman 450 milliard so‘mdan ko‘proqqa oshirish;

– yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqning aholi tadbirkorlik faolligini oshirishga qaratilgan stavkasini o‘rtacha 30 foizga pasaytirish;

– hududlar xususiyatlari va faoliyat ko‘rsatish joyi hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliqlar bo‘yicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 0,7-1,3 gacha kamaytiruvchi va ko‘paytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash huquqini berish nazarda tutilmoqda.

Majlis ishtirokchilarining e’tibori, shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, daromad zaxiralarini aniqlash, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini yanada oshirish, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, inflatsiya darajasini ko‘zda tutilgan parametrlar doirasida saqlashni hamda qabul qilingan davlat dasturlarini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari so‘zsiz moliyalashtirilishini nazarda tutuvchi byudjet siyosati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi.

2018 yilda ham o‘tgan yillardagi kabi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ustuvorligi saqlab qolinadi. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

2018-yilgi Davlat byudjeti parametrlarida qabul qilingan Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish taklif etilmoqda, xususan:

2017-2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi obyektini qurish, 256 ta obyektni rekonstruksiya qilish, 157 ta obyektni mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun 815 milliard so‘m mablag‘ (shundan 193 milliard so‘mi – xalqaro moliya institutlari mablag‘lari) yo‘naltirish, bu – 2017-yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko‘pdir;

48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan, bu 2017-yildagiga nisbatan 1,5 baravar ko‘pdir;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga – 753,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalarni, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni oshirishga 915,4 milliard so‘m yoki 2017-yil parametrlarida ko‘zda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar ko‘p mablag‘ sarflanadi;

tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlarini va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash uchun – 50 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlandiki, uy-joy – kommunal xizmatlar ko‘rsatish ishlariga xarajatlar 228,6 milliard so‘mni tashkil etadi, shu jumladan, ko‘p qavatli turar joylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga – 47,2 milliard so‘m, ko‘p qavatli turar joylar fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga – 22,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari orqali 2017-2021 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard so‘m ajratiladi.

«Toza ichimlik suvi» jamg‘armasi hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining bajarilishiga 584,7 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 milliard so‘m va respublika hududlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga 568,6 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Qayd etildiki, Davlat byudjetini birinchi marotaba yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz miqdorida profitsit bilan tasdiqlash taklif etilmoqda.

Majlisda kun tartibidagi masalalar muhokamasi doirasida bir qator vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hisobotlari eshitildi.

Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga, byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan manzilli foydalanish, byudjetga tushumlarni o‘z vaqtida va to‘liq tushirish, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini ko‘paytirish yuzasidan mas’uliyatni oshirish hamda davlat soliq xizmati va moliya organlari hududiy bo‘linmalari oldiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini ko‘paytirish va zaxiralarini aniqlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklandi.

Muhokamalar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot