Muhtaram Vladimir Vladimirovich! Hurmatli davlat rahbarlari!

Muhtaram Vladimir Vladimirovich!

Hurmatli davlat rahbarlari!

Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari sammiti ishtirokchilarini qutlashga va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga samimiy qabul va mehmondo‘stlik, shuningdek, uchrashuvimiz yuksak darajada tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Rossiya o‘zining raisligi doirasida Hamdo‘stlikning ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni bajardi.

Eng muhimi, Rossiya Federatsiyasining prinsipial pozitsiyasi tufayli MDHga zarurat bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi munozaralarga "yakuniy nuqta" qo‘yildi.

Hamdo‘stlik o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini to‘liq isbotlaganini ta’kidlamoqchiman.

Bugungi kunda Tashkilotimizni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, uning xalqaro nufuzini muttasil oshirib borish zarurligi haqida aniq tasavvur mavjud.

Bu Rossiya MDH faoliyatida, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishda muhim va asosiy o‘rin egallashini yana bir bor tasdiqlaydi.

Hurmatli hamkasblar!

Barchamiz bugun dunyoda ro‘y berayotgan shiddatli o‘zgarishlarning guvohi bo‘lib turibmiz.

Ilg‘or texnologiyalarning faol joriy qilinayotgani va global axborot-kommunikatsiya makoni taraqqiy etayotgani barcha jarayonlarni jadal va tez o‘zgartirmoqda, qit’alar, mintaqalar, davlatlar va biznes darajasidagi hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bugun hayotning o‘zi eskicha yondashuvlar samarasiz ekanini yaqqol tasdiqlamoqda. Asosiy e’tiborni konstruktiv amaliy hamkorlikka qaratish lozim.

Biz shiddat bilan oldinga qarab harakat qilishimiz zarur.

Bu borada O‘zbekiston o‘z yondashuvlarini jiddiy maqbullashtirish va MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi sur’at bag‘ishlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, MDH O‘zbekiston uchun shunchaki muloqot, fikr almashish va qarashlarni solishtirish "maydoni" emas.

Bu tuzilma biz uchun ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik qilishning g‘oyat muhim institutidir, Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar esa bizning doimiy sheriklarimiz, qo‘shnilarimiz va do‘stlarimizdir.

Shu munosabat bilan biz O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori maqomini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosaridan Bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarishga qaror qildik.

Shuningdek, biz MDH Iqtisodiy kengashidagi ishtirokimizni qayta tikladik.

Biz O‘zbekistonning MDH doirasidagi huquqiy bazasi va hamkorligi holatini tubdan qayta ko‘rib chiqish va shu asosda uni kengaytirish uchun imkoniyatlar istiqbolini belgilab olishni rejalashtirganmiz.

Biz bir qator ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha, avvalo, savdo, investitsiya, transport, turizm, ta’lim va ilm-fan, shuningdek, xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdormiz. MDHning biz avval ishtirok etmagan tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etishga tayyormiz.

Bizning pirovard maqsadimiz – O‘zbekistonning Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorligini faollashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishdir.

Bularning barchasi munosabatlarimizda prinsipial jihatdan yangi sahifa ochishiga, keng ko‘lamli va samarali sheriklikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonaman.

Bu boradagi birinchi qadam sifatida 3 noyabr kuni Toshkentda ilk bor MDH Hukumatlar rahbarlari kengashining majlisi o‘tkaziladi.

Sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz, biz 2020-yilda Hamdo‘stlikka raislikni qabul qilish va navbatdagi Sammitni O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyormiz.

Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!

Biz o‘z oldimizga dolzarb muammolarni birgalikda hal qilish, ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq va ravshan maqsadlar qo‘ymoqdamiz.

Shu munosabat bilan MDHda O‘zbekiston ishtirokining quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini alohida qayd etmoqchiman.

Birinchidan. Biz Hamdo‘stlik makonida hech qanday istisno va cheklovlarsiz tez fursatda to‘laqonli erkin savdo hududini shakllantirishning tarafdorimiz.

Yil boshidan buyon O‘zbekiston va MDH mamlakatlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ziyod oshganini ta’kidlamoqchiman.

O‘zbekiston MDHga a’zo mamlakatlar bilan savdo, investitsiya, innovatsiya va moliya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor. Biz venchur loyihalar va iqtisodiy zonalarni birgalikda rivojlantirishga tayyormiz.

Ikkinchidan. Transport va kommunikatsiyalar sohasi, MDH makonida samarali integratsiyalashgan transport tizimini rivojlantirish, mintaqamizning ulkan tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish strategik muhim yo‘nalishdir.

Ma’muriy tartibot va reglamentlarni takomillashtirish, yuk tashuvlari va tranzit uchun o‘zaro preferensiyalar taqdim etishni bu boradagi ishlarning muhim jihatlari, deb hisoblaymiz.

Uchinchidan. Amaliy ilmiy-texnik hamkorlik va ta’lim sohasidagi almashinuvni kengaytirishga hamkorlikdagi harakatlarimizning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraymiz.

Bizning Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda to‘plagan tajribamiz asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar, yuqori texnologiyalar sohasida loyihalar, shuningdek, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni taklif etamiz.

To‘rtinchidan. Turizm sohasida katta istiqbollar mavjud.

Fikrimizcha, bizdagi keng imkoniyatlar va ulkan turizm salohiyati, afsuski, haligacha to‘liq ishga solinmagan.

MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini 2020-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini birgalikda tahlil qilish va aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish maqsadida Hamdo‘stlikning Turizm bo‘yicha kengashining navbatdagi majlislaridan birini Samarqandda o‘tkazishni taklif qilamiz.

Beshinchidan. Biz harbiy-texnik sohadagi kooperatsiya darajasini oshirish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud shartnoma va bitimlar doirasida qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqishdan manfaatdormiz.

Oltinchidan. Barcha bunyodkorlik rejalarimizni faqat tinchlik va barqarorlik sharoitida, xavfsizlikka tahdid soluvchi zamonaviy xavf-xatarlarga o‘z vaqtida javob qaytarish orqali ro‘yobga chiqarish mumkinligi ayon haqiqatdir.

Shu munosabat bilan jinoyatchilik, terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va odam savdosiga qarshi murosasiz kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar yo‘nalishidagi hamkorlik muhim amaliy ahamiyatga ega.

Afg‘onistondagi murakkab vaziyat jiddiyligicha qolmoqda.

O‘zbekiston Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari va MDHning boshqa davlatlari bilan hamkorlikda Afg‘oniston muammosini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi.

Hurmatli hamkasblar!

Majlisimiz kun tartibini muhokama qilar ekanmiz, Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bayonotni alohida qayd etmoqchiman.

Bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlat va jamiyatning asosini tashkil etadigan asl va fundamental qadriyatlarni unutmasligimiz lozim.

O‘sib kelayotgan avlod aynan oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya oladi, mas’uliyatli bo‘lishni va loqayd bo‘lmaslikni o‘rganadi.

Ushbu muhim sohada tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonda kelgusi yilda "Oilani mustahkamlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif etamiz.

Muhtaram davlat rahbarlari!

Bugun bo‘lib o‘tgan samarali muloqot va qabul qilingan qo‘shma qarorlar MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘lishiga ishonaman.

Hamdo‘stlikka raislikni qabul qilgani munosabati bilan Tojikiston Prezidenti Imomali Sharipovich Rahmonga bildirilgan tabriklarga qo‘shilaman va ushbu mas’uliyatli vazifani bajarishda unga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

So‘zimning yakunida Rossiya tomoniga va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga samimiy qabul va sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun yana bir bor o‘zimning minnatdorligimni bildiraman.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi