O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Samarqandda BMT shafeligida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etgan Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif va Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Yevropa ittifoqining Oliy vakili bilan uchrashuvda konferensiyadagi ishtirok hamda «Evropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» Vazirlar uchrashuvi Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi qabul qilinganining 10 yilligida o‘tkazilgani Yevropaning mintaqamizga alohida e’tibor qaratayotganidan dalolat berishi qayd etildi.

Yevropa ittifoqi asosiy hamkorlarimizdan biri bo‘lib, O‘zbekiston Yevropa ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama yanada mustahkamlashning qat’iy tarafdori ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda Yevropa bilan keng qamrovli aloqalarni kengaytirish borasida sezilarli natijalarga erishilayotgani qayd etildi. Yevropa ittifoqi bilan sheriklikni investitsiya, savdo, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik, ta’lim va boshqa qator yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashish sohasidagi amaliy mazmun bilan boyitish tomonlar uchun manfaatli ekaniga e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy, xususan, Markaziy Osiyoda siyosiy ishonchni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Yevropa ittifoqi delegatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar bilan tanishtirildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Joriy yil sentabr oyida Ostona shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv samaralari O‘zbekiston – Eron munosabatlarining faollashuviga xizmat qilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

O‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli sohalarida kooperatsiyani mustahkamlash, mintaqamizda samarali transport-kommunikatsiya tarmog‘ini barpo etish belgilangan. O‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surishda Hukumatlararo qo‘shma komissiya muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan uchrashuvda shu yil 25-26-oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidentining Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgan holda, energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizm tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sanoat korxonalari va logistika markazlari barpo etish bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Nixat Zeybekchi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Turkiya oliy darajada erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar to‘la amalga oshirilishining qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti xalqaro anjumanning yuqori martabali ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi