O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni ikki tomonlama idoralararo maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi moliya vaziri Anton Siluanovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar va muloqotlar, erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar amalga oshirilayotgani mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, ko‘p qirrali, shu jumladan, moliyaviy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda ikki mamlakat moliya vazirliklari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida yaqin o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

58f02502-f6b8-a739-5e93-a7767f68eb54.jpg

Uchrashuvda moliyaviy sohadagi samarali muloqotni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Moliya, soliq va bojxona organlarini modernizatsiya qilish, byudjetni rejalashtirish, mahalliy byudjetlar mutanosibligiga erishish, moliyaviy nazorat bo‘yicha samarali mexanizmlarni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajriba, texnologiyalar va bilimlarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, Rossiyaning yetakchi ta’lim muassasalari negizida soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Rossiya moliya vaziri davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va hukumati Raisi Dmitriy Medvedevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

be226a27-c66b-0869-546b-0e56953e0101.jpg

Anton Siluanov Rossiya mamlakatlarimiz o‘rtasida moliyaviy sohadagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishdan manfaatdorligi, bu boradagi sheriklikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya moliya vazirini qabul qildi