Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2017 13:17 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘izistonga keldi

Bishkek, 5-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.
    
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev taklifiga binoan 5-sentabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.

«Manas» xalqaro aeroportida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev kutib oldi. Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilinishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zA
3 749






Все о погоде - Pogoda.uz