BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 5-oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov bilan uchrashdi.

Muloqotda yurtimizda muqaddas dinimizni, aziz-avliyolarimizning boy merosini o‘rganish, tabarruk qadamjolarni obodonlashtirish, milliy-diniy urf-odatlarimizni asrab-avaylash borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik muhiti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu islohotlar yurtdoshlarimizda shukronalik, xayru saxovat tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ulkan jasorati bilan xalqimizning Ramazon hayiti, Qurbon hayiti kabi bayramlari keng nishonlanmoqda.

Mazkur yo‘nalishda davom ettirilayotgan xayrli ishlar yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolariga davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, muqaddas islom dinimiz, xalqimiz boy tarixiy merosini asrab-avaylash borasida ilgari surilgan tashabbuslar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Ahmad Shahid O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida har bir fuqaro uchun diniy e’tiqod erkinligi kafolatlangani, bu boradagi qonunchilik umuminsoniy prinsiplar va xalqaro standartlarga mos kelishini ta’kidladi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Toshkentdagi Rim katolik cherkovi yepiskopi Yeji Matsulevich va Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi rahbari, mitropolit Vikentiy bilan ham uchrashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston musulmonlari idorasida uchrashuv