Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan bir guruhini qabul qildi.

O‘zA muxbiri ularning davlatimiz rahbari bilan uchrashuvdan keyingi fikrlarini yozib oldi:

Liza KYoRTIS, AQSh Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori:

– Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz samarali bo‘ldi. AQSh va O‘zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.

AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, diniy erkinlik borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholaydi. AQSh va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat mavjud. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirishdan manfaatdormiz.

Biz O‘zbekistonning mintaqadagi davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida olib borayotgan sa’y-harakatlarini, mintaqaviy integratsiya va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish xalqaro hamjamiyat uchun ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakatdagi muammolarga siyosiy yechim topish, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli katta, deb bilamiz. Biz Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston bilan birgalikda ishlashdan manfaatdormiz. Chunki Afg‘oniston barqarorligi Markaziy Osiyo va AQSh uchun foydali, global terrorizmga qarshi kurashishning muhim qismidir.

Miroslav YeNChA, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi:

– O‘zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatilmoqda. Joriy yilning o‘zida oliy va yuqori darajadagi qator tashriflar amalga oshirildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi ishtiroki ularning orasida eng muhimlari bo‘ldi.

BMT O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu islohotlar samarasi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlik har tomonlama rivojlanmoqda. Bu butun mintaqa mamlakatlari farovonligini oshirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiya ham shu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Unda ko‘plab davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etayotgani diqqatga sazovor. Bu mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, turli masalalarni hal etish va istiqboldagi maqsadlarni belgilash bo‘yicha fikr almashish uchun qulay maydon bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdoridir.

Tomas GREMINGER, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi:

– Samarqandda bo‘lib o‘tadigan nufuzli va muhim konferensiyaga taklif etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Bu konferensiya zamonamizning dolzarb masalalari muhokamasiga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega, deb o‘ylayman.

O‘zbekiston barqaror rivojlanish, mintaqada ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan pragmatik siyosat olib bormoqda. Bu yondashuv mintaqa davlatlarining o‘zaro aloqalari rivojiga keng yo‘l ochmoqda.

Markaziy Osiyoning tinchligi va taraqqiyoti bizning tashkilotimiz uchun ham muhim. Bu o‘zaro hamkorlik salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik. YeXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi