Shavkat Mirziyoyev va Sooronboy Jeenbekov muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi muzokarada davom ettirdilar.

Shavkat Mirziyoyev va Soorаnbаy Jeenbekov muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi muzokarada davom ettirdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, ilmiy-texnikaviy, bank-moliyaviy, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya muhim o‘rin tutmoqda. Ikki mamlakat Bosh vazirlari mazkur komissiyaning hamraislari etib tayinlangani tomonlarning o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga yuksak e’tiboridan dalolat beradi.

Keyingi paytda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi sur’at bilan yuksalmoqda. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida o‘zaro savdo hajmi 56 foizdan ziyodga o‘sib, 235 million dollardan oshdi.

Ammo, muzokarada ta’kidlanganidek, bu ko‘rsatkich ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmaydi. Ikki tomonlama tovar ayirboshlash nomenklaturasini diversifikatsiya qilish va yaqin yillarda uning hajmini 500 million dollarga yetkazish borasida ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Tashqi savdo infratuzilmasi va eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini faol rivojlantirish, birgalikda savdo uylari ochish, biznes-forumlar va sanoat mahsulotlarining milliy ko‘rgazmalarini o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Qirg‘iziston Prezidentining rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi va ishbilarmonlarning muzokaralarida ikki mamlakatdan ko‘plab yetakchi biznes vakillari ishtirok etgani, uning yakunida 140 million dollarlik shartnomalar imzolangani savdo-iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlanish pallasiga kirganini namoyon qiladi.

Iqtisodiy hamkorlik haqida so‘z borar ekan, Qirg‘iziston Respublikasi hududida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi texnikasi, yengil avtomobillari, avtobuslari, maxsus pritseplari va maishiy buyumlarini birgalikda yig‘ishni tashkil qilish loyihalarini amalga oshirish hamda qurilish materiallari va to‘qimachilik sanoatida qo‘shma korxonalar tuzish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar bu loyihalar bilan cheklanmasdan, sanoat kooperatsiyasi sohasida istiqbolli yo‘nalishlarni birgalikda topishga kelishib oldilar.

Ishbilarmonlarning tashriflarini tashkil qilish, hamkorlikning barcha sohalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga bundan buyon ham alohida e’tibor beriladi.

Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonning ikki mamlakat Bosh vazirlari rahbarligida Hokimlar va chegaradosh viloyatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Prezidentlar qisqa muddatda jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan transport va tranzit yo‘laklarni rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik strategik ahamiyatga egaligini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘lining qurilishi imkon qadar tezlashtirish mintaqa mamlakatlarining tub manfaatlariga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Bu Markaziy Osiyoni jozibadorligini oshirish va uning tranzit salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini beradi

2017-yil 30-oktyabr – 3-noyabr kunlari «Andijon-O‘sh-Irkishtom-Qoshg‘ar» yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribaviy avtopoygaga yuksak baho berildi. U mintaqadagi transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishda yana bir muhim omil bo‘ldi.

O‘zbekiston bilan QIrg‘iziston o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu masalalarni konstruktiv tarzda yechish uchun Qo‘shma ikki tomonlama suv xo‘jaligi komissiyasini tuzish va yaqin vaqt ichida uning majlisini o‘tkazishga kelishib olindi.

Gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinar ekan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlari mushtarakligi ta’kidlandi. Bizning tilimiz, dinimiz, tarix va merosimiz bir. Bu jihatlar madaniy-gumanitar aloqalar rivojida muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekistonda qirg‘iz tili va madaniyati, Qirg‘izistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Buning natijasi o‘laroq, joriy yilda Qirg‘iziston teatr ijodkorlari Farg‘ona vodiysida, o‘zbekistonlik san’atkorlar O‘sh, O‘zgan, Aravon, Novqat, Qorasuv, Jalolobod shaharlarida ijodiy safarda bo‘ldi. Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi.

Davlat rahbarlarining kelishuviga binoan kelasi yil O‘zbekistonda xalqlarimiz intiqib kutgan Qirg‘iziston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, 2018-yilda ikki xalq Qirg‘izistonning atoqli adibi Chingiz Aytmatov yubileyini keng nishonlaydi.

Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti davlatimiz rahbariga O‘zbekiston Milliy universitetida zabardast qirg‘iz o‘g‘loni Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazma tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzokaralar keng doirada davom etdi