O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan “Uy-joy, kommunal xo‘jaligi sohasidagi muammo va yechimlar: unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlarining ishtiroki” mavzuida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi H.Ketmonov va boshqalar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish eng asosiy vazifalardan ekani, bunda partiya tashkilotlari vakillari faol ishtirok etishi lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-iyundagi "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosi yuzasidan partiya markaziy kengashi tomonidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan hamkorlikda kuz-qishga puxta tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur rejada aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, kommunal xizmat sohasida qabul qilingan qonunlar, qonun osti hujjatlarining mazmun mohiyati, ahamiyatini keng aholi qatlamiga, barcha toifadagi iste’molchilarga yetkazish va tushuntirish muhim vazifa etib belgilab olindi.

Seminarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 2-oktabr kuni aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, ko‘p qavatli uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining holati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolardan jiddiy xulosa chiqarish kerakligi qayd etilib, xalqni rozi qilish va turmush farovonligini oshirish eng birinchi galdagi vazifa ekani ta’kidlandi.

– Bugungi kunda mamlakatimizda 4 ming 300 dan ortiq xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Rahima Ortiqova. – Ammo bu shirkatlarda keng qamrovli xizmat ko‘rsatish, ya’ni butlash, ta’mirlash, tiklash va boshqa yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarining yetishmovchiligi mavjud. Bu esa kommunal xizmat ko‘rsatish jarayonida muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Tadbirda partiyaning jamoatchilik qabulxonalariga yil boshidan buyon tushgan murojaatlarning mingdan ortig‘i aynan uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatilishi masalalariga oidligi ta’kidlandi. Mavsumga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, barcha uy-joylar, maktab, shifoxona va boshqa ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi yuzasidan muhim vazifalar belgilanib, ishchi guruhlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumga tayyorgarlik: muammo va yechimlar