Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida Samarqandda o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada nufuzli xalqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, taniqli ekspertlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro forumda so‘zlagan nutqi ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Miroslav Yencha, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi:

– Bugun dunyodagi hech bir davlat o‘z muammolarini yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. Xoh katta, xoh kichik mamlakat bo‘lsin, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishi, mintaqa manfaatlaridan kelib chiqib xalqaro munosabatlarga kirishishi lozim. Shu nuqtai nazardan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqada tinchlik va osoyishtalik, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslar e’tiborga molik.

Bugun ham Shavkat Mirziyoyev bu borada muhim tashabbuslarni o‘rtaga tashladi. Mintaqa davlatlarining ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, transport-logistika tarmoqlaridagi aloqalarini yangi bosqichda davom ettirish yuzasidan takliflar bildirildi. O‘ylaymanki, bu fikrlar Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va bunga BMT ham o‘z munosabatini bildiradi. Xususan, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi hududdagi davlatlarning bu boradagi sa’y-harakatlari samarali amalga oshirilishiga yordam beradi.

Federika Mogerini, Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti:

– Sharq va G‘arbni bir-biri bilan bog‘lashda Markaziy Osiyo mintaqasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur mintaqadagi davlatlar bugungi kunda Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan barcha sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, bugungi shiddatkor zamon ushbu aloqalarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu, avvalo, Yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqa davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirish, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, global masalalar – iqlim o‘zgarishi, yoshlar radikalizmi, terrorizmga qarshi kurash, xavfsizlikni ta’minlash borasida Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor.

Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi, Sharq madaniyati markazi deb e’tirof etiladigan go‘zal shahar – Samarqandda tashkil etilgan mazkur xalqaro konferensiya ham ushbu maqsadlarga xizmat qilishi, eng muhimi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashi bilan tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri:

– Qozoq xalqida shunday naql bor – yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan ana shunday tamoyil asosida hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va bundan manfaatdor. Biz kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Keyingi paytda bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining muhim kelishuvlarga erishganlarini alohida ta’kidlashni istardim.

Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbusini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘llab-quvvatlab, birinchi uchrashuvni mamlakatimizda qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Bugungi xalqaro forumda ham O‘zbekiston Prezidenti mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi. Biz – Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol bo‘lishimiz zarur.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo – tarixi bir, orzu-maqsadlari mushtarak xalqlar diyori