“ – Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi – ekstremistik g‘oyalarga qarshi qat’iy kurashishdan iboratdir. Ko‘pincha hayotga endi qadam qo‘yayotgan yoshlar uning ta’siriga tushib qolmoqda, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida.

–Markaziy Osiyo – aholining yoshi bo‘yicha eng “yosh” mintaqalardan biridir: bu yerda aholining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi va bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir.

Aynan shu maqsadda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yaqinda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan sessiyasida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Ushbu tashabbuslarni Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari qo‘llab-quvvatlagani yoshlar o‘rtasida radikal qarashlar tarqalishining oldini olish, to‘g‘ri yo‘ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog‘lom hayotga qaytarishga tayyorligimizning amaldagi yaqqol ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.

Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik”, – dedi davlatimiz rahbari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi