Nukus shahrida ish boshlagan “Samsung” zavodiga kiraverishda tosh lavhaga shunday so‘zlar yozilgan: “Ushbu maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-yanvardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomidagi tashabbusi asosida barpo qilindi.

Nukus shahrida ish boshlagan “Samsung” zavodiga kiraverishda tosh lavhaga shunday so‘zlar yozilgan: “Ushbu maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-yanvardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomidagi tashabbusi asosida barpo qilindi. 2017-yil 14-oktabrda zavod dastlabki mahsulotini ishlab chiqardi”.

Nukus shahridagi sobiq “Nukus Remmash” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish hisobiga barpo etilgan zavodda televizorning to‘rt va changyutgichning o‘n uch turi ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur zavodni borib ko‘rdi.

Bugun “Samsung” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari kirib bormagan xonadon bo‘lmasa kerak. 200 dan ortiq kishi bandligini ta’minlangan zavod eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan.

Prezidentimiz zavodning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Mahsulotlar sifati va ko‘lami bilan qiziqdi.

Bugun mamlakatimizda maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish hajmi oshdi. Aholining bu boradagi talabi qondirilmoqda. Endi bu sohada eksport hajmini oshiradigan vaqt keldi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini yanada ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Birgina “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan umumiy qiymati 27,5 milliard so‘mlik 12 loyiha hayotga tatbiq qilindi.

Prezidentimizga “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdim qilindi. Loyihalarda yarim avtomat kir yuvish mashinalari, elektr shkaflar va suv isitish moslamalari, isitish moslamalari va radiatorlar, energiyatejamkor lampalar, maishiy texnika vositalarini sotish va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar o‘rin olgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Koreyada yaratilgan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” shiori ostida mahsulot ishlab chiqarilmoqda