Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko boshchiligidagi delegatsiya Andijon shahrida bo‘ldi.

Dastlab mehmonlar Prezidentimiz tashabbusi bilan yangidan barpo etilgan Andijon shahrining “Eski shahar dehqon bozori”da bo‘lib, bu yerda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, sarxil meva-sabzavotlar o‘rin olgan bozor pavilyonlarini ko‘rdi.

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muhim kelishuvlarga erishildi.

Poytaxtimizda 2-noyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbarlari ishtirokida o‘tgan uchrashuv doirasida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida o‘ndan ziyod hujjat imzolandi.

Ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan izchil aloqalar samarasida ayni paytda Andijon viloyatida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida 34 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Xonobod shahridagi “Andijonkabel”, Jalaquduq tumanidagi “Alyorteks”, Ulug‘nor tumandagi “Ulug‘norinvestteks” korxonalari faoliyati yuqori samaralar bermoqda.

Viloyat rus milliy madaniy markazi, rus pravoslav va xristian cherkovlari ishlab turibdi. Viloyatda dars to‘la rus tilida olib boriladigan ikkita, aralash o‘qitiladigan oltmish sakkizta maktab mavjud, shuningdek, Andijon davlat universiteti filologiya fakultetining rus tili va adabiyoti bo‘limida 600 ga yaqin talaba tahsil olayotir.

Mehmonlar Andijon shahridagi “Lemon international” xorijiy korxonasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdi. Ko‘rgazmada viloyatdagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy salohiyati, amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

– Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha Andijon viloyati katta imkoniyatlarga ega ekanini yaxshi bilamiz, – deydi Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Yevgeniy Grigorev. – Ishonamanki, ushbu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish har ikki tomon uchun ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

Tashrif davomida rossiyalik mehmonlar viloyat markazidagi “Sadovoye” qabristonida bo‘lib, Andijonda yashab o‘tgan millatdoshlari qabrini ziyorat qildi, shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi