Samarqandda Forumlar majmuasida 10-noyabr kuni «Evropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini hamda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa uchrashuvda hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Ushbu formatdagi munosabatlar kelajagi, mintaqaning iqtisodiy rivojlanish istiqbollari, mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha «EI va Markaziy Osiyo: yanada xavfsiz va muvaffaqiyatli kelajak yo‘lida hamkorlik» qo‘shma kommyunikesi qabul qilindi.

Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining keyingi uchrashuvini 2018 yil Bryusselda o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Yevropa ittifoqining Oliy vakili Federika Mogerini ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Evropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» uchrashuvi