Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifi davomida Xo‘jaobod tumanidagi «Navigul» qo‘shma korxonasi hududida tashkil etiladigan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, muzlatish va sotishga ixtisoslashtirilgan yirik logistika kompleksi loyihasi bilan tanishdi.

“Navigul”  O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasida jahon bozori kon’yunkturasi talabadan kelib chiqib, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorni yil davomida meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun bu yerda tayyorlanayotgan tomat pastasi, quritilgan bulg‘or qalampiri, baqlajon, olma, olcha, o‘rik qoqisi singari mahsulotlar nafaqat mamlakatimiz, balki xorijda ham xaridorgir.

«O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi negizidagi «Toshkent vino kombinati» aksiyadorlik jamiyati va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda qo‘shma korxona hududida «Fruit industries» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etish rejalashtirilgan. Yangi korxona meva-sabzavotlarni qayta ishlash, quritish, sharbat tayyorlash va eksport faoliyati bilan shug‘ullanadi. 6 gektar maydonda ko‘chat yetishtiriladigan issiqxona, 255 gektar maydonda tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘ tashkil etiladi, 615 gektar maydonda sabzavot yetishtiriladi, 7 ming tonna meva-sabzavotni saqlashga mo‘ljallangan muzlatgich quriladi.

Davlatimiz rahbari korxonaning dastlabki bosqichi – meva-sabzavotlarni quritish liniyasining ish boshlashiga bag‘ishlangan ramziy tugmani bosdi. Karam va lavlagi misolida texnologik liniyaning ish jarayonini kuzatdi. Quritilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 24 million dollar bo‘lib, shundan 14 million dollari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, qolgani korxona mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Korxonani shu yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu yerda yiliga 30 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanadi, 1 ming 250 ish o‘rni yaratiladi.

Asaka tumanidagi «Obod turmush orzusi» fermer xo‘jaligida tashkil etiladigan meva-sabzavotlarni quritish va muzlatgich tashkil etish, «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi va tijorat banklari hamkorligida 2017-2018-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan oziq-ovqat sohasini rivojlantirish dasturi loyihalari namoyish etildi.

Prezidentimiz mazkur loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, yangi korxonalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Yangi tashkil etilayotgan korxonalarga xomashyoni vaqtida yetkazib berish lozimligi ta’kidlandi.

Shu yerning o‘zida davlatimiz rahbariga «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi va tijorat banklari hamkorligida viloyatda 2017-2018-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan charmpoyabzal sohasini rivojlantirish dasturi va sohaga doir boshqa loyihalar, bozorlar infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalar bilan tanishar ekan, tayyorlanadigan mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga yetkazish, ekportga ham chiqarish choralarini ko‘rish zarurligini qayd etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu loyihalar xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi