BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari 9-10-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Mehmonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov va Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev bilan uchrashdi.

Muloqotda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi barcha jabhalarda faol rivojlanib borayotgani, yurtimizda dinlararo va millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashga doir kafolatlar Bosh qomusimiz va qonunlarimizda qat’iy belgilab qo‘yilgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, xavfsizlik, barqarorlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

BMT maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning huquqiy asoslari, bu yerda yaratilgan sharoitlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi diniy ta’lim muassasasi – Muhammad ibn al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtida ham bo‘ldi. Bilim yurti toliblari va mudarrislar bilan suhbatda ushbu ta’lim muassasasida diniy bilimlar bilan birga, dunyoviy ilmlar ham puxta o‘rgatilishi, o‘quv jarayoni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda olib borilishi ta’kidlandi.

Mehmonlar tashrif doirasida “Sahro Luvri” nomi bilan mashhur I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida ham bo‘lib, Orolbo‘yi xalqlarining qadim tarixi va madaniyatiga oid qimmatbaho osori-atiqalar bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT vakillari 9-10-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi