Poytaxtimizda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

BMT maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya 2-12-oktabr kunlari mamlakatimizda bo‘ldi. Tashrif davomida delegatsiya O‘zbekistonda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizning bu boradagi ijobiy tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

Ahmad Shahid mamlakatimiz parlamenti, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, mahallalarda ahillik va hamjihatlikni ta’minlash, Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Maxsus ma’ruzachi O‘zbekistonda 16 konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, 140 ga yaqin milliy madaniy markaz emin-erkin faoliyat yuritayotgani, yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, diniy marosimlarni ado etish uchun zarur sharoit yaratish, dinlararo va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga e’tibor qaratilayotgani yutuq ekanini alohida ta’kidladi. Ushbu missiya Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nomlangan 2017-yilda amalga oshgani mamlakatimizda xalq bilan muloqot, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yaratilgan yangi tizim haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish, davlat idoralarining oddiy odamlar muammolarini hal etish jarayoni bilan bevosita tanishish imkonini berganini qayd etdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan fikrlarni bayon etgani e’tiborimizni tortdi, – dedi Ahmad Shahid. – Tashrifimiz davomida O‘zbekistonda bu boradagi ishlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. O‘zbekiston Konstitutsiyasida har bir fuqaro uchun diniy e’tiqod erkinligi kafolatlangan, ta’lim sohasini rivojlantirish, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish, buyuk allomalar merosini o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor diqqatga sazovor. Ayniqsa, so‘nggi bir necha oyda noqonuniy diniy oqimlarga aralashib qolgan 16 mingga yaqin fuqaro sog‘lom hayotga qaytarilgani ibratli tashabbusdir.

Ahmad Shahid Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolarning shaxsiy huquqlari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni izchil amalga oshirishda juda jiddiy va yorqin dastur ekanini ta’kidladi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT maxsus ma’ruzachisi matbuot anjumani o‘tkazdi