Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda ichki ishlar tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari o‘zi xizmat qilayotgan hududda yashaydigan, fuqarolar yig‘inlari bilan birga ishlaydigan yangi tizim yaratilmoqda. Profilaktika inspektorlari uy-joy, avtomobil va zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda.

Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashda muhim o‘rin tutmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ichki ishlar organlarini o‘zaro bog‘lovchi optik tolali tizim barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori xizmat xonasida komputer orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan videomuloqot qilgan edi.

Poytaxtimizda ham jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Prezidentimizga ushbu sohada qo‘llanilayotgan texnikalar va ularning ishlash jarayoni, istiqboldagi rejalar haqida axborot berildi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida «Xavfsiz shahar» boshqaruv situatsion markazi tashkil etilmoqda. Bu yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash xizmati, patrul-post xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boshqarish imkonini beradi. Korxona va tashkilotlar, bozorlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yo‘llar va boshqa jamoat joylariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari, GPS va GLONASS global navigatsiya tizimlari bilan ta’minlangan xizmat avtomobillari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qo‘l keladi.

Yunusobod tumani hududi uch qismga ajratilgan va ularda texnik qo‘riqlash markazlari tashkil etilgan. Har bir markazga muayyan mahalla va tashkilotlar, xonadonlar va boshqa obyektlar biriktirilgan. Agar o‘sha hududda biror xavf ehtimoli sezilsa yoki voqea sodir bo‘lsa, markazdagi tezkor harakatlanuvchi guruh tezda yetib boradi.

Yana bir e’tiborli jihati, yangi tizim signallarni mis kabel, optik tola, internet, sun’iy yo‘ldosh orqali uzatish va qabul qilish imkonini yaratadi. Ya’ni, xabar uzatish va ishni tashkil etishda hech qanday uzilish bo‘lmaydi.

Tahlillar hozir ushbu tizimdan foydalanilayotgan joylarda jinoyat va huquqbuzarliklar kamayganini ko‘rsatmoqda. Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan mazkur qo‘riqlash tizimiga o‘tayotgan korxona va tashkilotlar, mahalla va xonadonlar ko‘payib bormoqda.

Tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash tizimi bugungi hayot talablariga mos bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yangi zamonaviy tizim samarali ishlashi uchun uni puxta o‘zlashtirish, bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish va takomillashtirib borish zarur.

Mazkur boshqaruv tizimini sinovdan o‘tkazish, ichki ishlar xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi Inha universitetida ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘quv dasturini takomillashtirish, tizim puxta o‘zlashtirilganidan keyin uni mamlakatimizning barcha shaharlarida joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Barcha sohalarda va hamisha inson manfaati ustuvor bo‘lishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Jumladan, ichki ishlar xodimlarining moddiy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning oilalari uchun ko‘p qavatli uylar qurish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligini kengaytirish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish, sohada qo‘llanilayotgan texnik vositalarni mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari «Shifo Nur» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, shifokorlar va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kattalar va bolalarni davolash, ushbu yo‘nalishda xorijning nufuzli klinikalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni jalb etish loyihasi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida xususiy sektorga keng o‘rin berilayotir. Bu borada Prezidentimizning 2017-yil 1-apreldagi «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

«Shifo Nur» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2013-yilda tashkil etilgan. 36 o‘rinli markazda 60 dan ortiq malakali shifokor oftalmologiya, plastik jarrohlik, pediatriya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, otolaringologiya, stomatologiya, fizioterapiya va optika yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak, dedi Prezidentimiz. Amaliyotga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan birga, ulardan samarali foydalanishni ham ta’minlash, shifokorlar bilimi va malakasini muttasil oshirib borish zarur.

Yunusobod komputer texnologiyalari kasb-hunar kollejida 11-yillik maktab ta’limini tashkil etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Unda mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdi.

Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim, dedi Prezidentimiz. Bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Maktabda o‘quvchi ma’lum muhitda shakllanadi. O‘qituvchi va ota-onasining doimiy nazoratida bo‘ladi. Maktabdan so‘ng kollej yoki litseyda boshqa muhitga tushib qoladi. Shuning uchun ota-onalar, keng jamoatchilik fikri, taklifi asosida 11-yillik maktab ta’limi qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

11-yillik maktablar uchun o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularni sifatli darslik va adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. O‘quvchilar maktab qoshida yoki yaqin atrofdagi kasb-hunar kollejida tashkil etiladigan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasida haftasiga bir marta turli mutaxassisliklarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida. O‘zi tanlasin, muhimi, ularni tarbiyali, ota-onasini hurmat qiladigan, vatanparvar qilib voyaga yetkazishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yunusobod komputer texnologiyalari kasb-hunar kolleji joylashgan Islomobod mahallasida 3 ming 165 aholi istiqomat qiladi. Lekin mahalla hududida maktab yo‘q. Yoshlar boshqa mahallalardagi maktablarga borishga majbur. Uchrashuvda mahalla faollari, ota-onalar hududdagi ushbu kollejni 11-yillik maktabga aylantirish taklifini bildirdi. Prezidentimiz ushbu taklifni o‘rganish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bir guruh faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uy-joy bilan ta’minlash, yosh kompozitorlar uyini tashkil etish va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islomobod mahallasida yashovchi To‘laganovlar xonadonida bo‘ldi.

Tohir aka bir umr haydovchi bo‘lib ishlagan. To‘rt o‘g‘ilni el ishiga kamarbasta insonlar etib tarbiyalagan.

Suhbatda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari, farzandlar tarbiyasi haqida so‘z yuritildi.

Shavkat Mirziyoyev Bo‘zsuv kanali bo‘yida barpo etiladigan madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishdi. Bog‘da mutolaa va muloqot qilish uchun maxsus joylar, favvoralar barpo etiladi, amfiteatr, ko‘rgazma pavilyonlari, sport va sog‘lomlashtirish zonalari, havaskor baliqchilar klubi tashkil etiladi, zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi.

Prezidentimiz bu yerni madaniyat va ma’naviyat maskaniga aylantirish, yoshlar, kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘ni barpo etishda tabiiy relyefdan oqilona foydalanish, turli daraxt va gulzorlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

"O‘zekspomarkaz" majlislar zalida Prezidentimiz raisligida Toshkent shahri faollari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yunusobod tumanini har tomonlama rivojlantirish, aholi uchun zamonaviy qulayliklar yaratish, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha sohalarda va hamisha inson manfaati ustuvor bo‘lishi kerak