Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.05.2018 06:53 Chop etish versiyasi

Andijonda 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish belgilandi

Andijonda 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish belgilandi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

«Viloyatda joriy yilda 25 mingta ish o‘rni yaratish nazarda tutilgani bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Chunki ishsizlar soni bundan yuqori.

Hokimlar, sektorlar rahbarlari investitsiya va texnologiya olib kelib, sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishga, shu orqali odamlarni ish bilan ta’minlashga ko‘mak berishi kerak» dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida maxsus Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlarni keng safarbar qilish hisobiga 51 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish bo‘yicha reja ishlab chiqilgani qayd etildi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O'zA
3 046