Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22-23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashrifning birinchi kuni qishloq xo‘jaligi korxonalari tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish, viloyat eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi loyihalar bilan tanishib, mutaxassislar, tadbirkorlar, fermerlar bilan suhbatlashdi. Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashrifining ikkinchi kuni Farg‘ona shahridagi Nuroniylar maskanini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda nuroniylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Joylarda faxriylarning vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Farg‘onadagi Nuroniylar maskani Al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida barpo etilgan. Bu yerda keksalar uchun zarur bo‘ladigan barcha jihatlar e’tiborga olingan. O‘zbek va jahon adabiyoti namunalari bilan boyitilgan kutubxona, zamonaviy jihozlangan sport zali, tibbiyot xonasi, fitobar, choyxona nuroniylar xizmatida.

Mohir hunarmandlar qo‘lida sayqal topgan ayvonlar, naqshinkor ustunlar ijtimoiy markaz husniga husn qo‘shgan.

Prezidentimiz bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash, xususan, keksalar uchun avtobus ajratish zarurligini ta’kidladi. Nuroniylar yoshlar bilan ishlashining izchilligini ta’minlash, jamiyatimiz ma’naviy barqarorligini mustahkamlashda ularning o‘rnini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbari Farg‘ona mexanika zavodi hududida kichik sanoat zonasi tashkil etish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi.

Hozirgi kunda korxonada 36 turdagi sanoat mahsuloti va 31 turdagi xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilmoqda, 330 ishchi mehnat qilmoqda.

Korxonaning bo‘sh turgan bino va inshootlarini tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda berish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida bu yerda kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda.

Sanoat zonasida yiliga 300 tonna antifriz, 200 tonna oyna yuvish suyuqligi, 10 ming dona tormoz kolodkasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Qiymati 38,5 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihani 2018-yilning uchinchi choragida to‘liq ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 45 foizi eksportga yo‘naltiriladi.

Loyihaning birinchi bosqichida 200 ish o‘rni yaratiladi. Bozor talablaridan kelib chiqib, kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Farg‘ona shahridagi “Madad” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan suyultirilgan gaz uchun sisternalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan tirkamalar ishlab chiqarish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyiha qiymati 40 milliard so‘m bo‘lib, 30 milliard so‘mi "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki krediti, qolgani korxonaning o‘z mablag‘idir.

Korxona 2018-yilda to‘liq quvvatda ishga tushiriladi. 2020-yilda bu yerda eksport hajmini yiliga 1,5 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari mazkur korxona mahsulotlari namunalarini ko‘zdan kechirdi. Suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib beruvchi moslama va tirkamalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulotlarni tashqi bozorga ham yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Farg‘ona politexnika instituti viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda MikroGES ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi loyihasini taklif etmoqda.

MikroGES xalqaro tasnifga asosan quvvati 0,1 kVtdan 100 kVtgacha bo‘lgan gidroenergetik qurilma bo‘lib, u asosan gidroturbina, tasmali va reduktorli uzatmalar hamda asinxron generatordan iborat. MikroGES ekologik tozaligi, arzonligi, texnologik jihatdan tayyorlash va ekspluatatsiya qilish osonligi bilan ajralib turadi. Loyihada mikroGESlar ishlab chiqarishni tashkil qilish va hayotga tatbiq etish, Farg‘ona politexnika institutida gidroenergetika sohasi mutaxassislarini tayyorlash ko‘zda tutilgan.

MikroGESning quvvati 50 kVt bo‘lgan 2 tajriba nusxasi institut olimlari tomonidan “Farg‘onaazot” AJ va Marg‘ilon traktor ta’mirlash korxonasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridan o‘tuvchi Marg‘ilonsoyga qo‘yilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda. MikroGESlardan olinayotgan elektr energiyasi shaharning Kashtanzor ko‘chasi, "Marg‘ilonsoy" tantanalar uyi va “Hamkorbank” hududlarini yoritishda ishlatilmoqda.

Farg‘ona viloyati suv xo‘jaligi mutaxassislari bilan birgalikda viloyat hududidan o‘tuvchi soy va kanallarning gidrologik tasniflari o‘rganilib, dastlabki bosqichda 230 joyda quvvati 50 kVtlik mikroGESlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Reja amalga oshgach, ushbu mikroGESlardan olingan quvvat viloyatda bir yilda sarflanayotgan elektr energiyasining 2 foizini tashkil etadi. Bu yiliga 17 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejaladi, deganidir.

Davlatimiz rahbari ushbu loyiha ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish borasida olib borilayotgan izlanishlarning yaqqol namunasi ekanini ta’kidlab, mikroGESlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va boshqa hududlarga ham joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shu yerda Farg‘ona shahridagi “Osiyo olmos fayz” korxonasining lok-bo‘yoq, temir va beton kesish moslamalarini tayyorlash, “Turon mega fayz” jamiyatining gipsokarton, PVX granulalar, PVX plyonka va plastmassa buyumlar, “Uzsalaman” qo‘shma korxonasining erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari, “Big Bilding Capital Group” korxonasining sanoat changini ushlab qoluvchi filtr materiallari, issiqxona karkas qismlari ishlab chiqarish loyihalari, "O‘zfarmsanoat" aksiyadorlik konserni tomonidan 2017-2018-yillarda viloyatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish manzilli dasturi taqdimotlari o‘tkazildi.

Prezidentimiz barcha loyihalar bo‘yicha fikr bildirib, ularni yanada takomillashtirish, amalga oshirish jarayonlarini tezlashtirish, ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimizning barcha hududlarini yaxlit transport-kommunikatsiya tizimiga bog‘lash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholiga keng qulaylik yaratish maqsadida yangi temir yo‘llar qurilib, yangi yo‘nalishlar tashkil etilmoqda.

22-iyun kuni Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari o‘rtasida ilk bor elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu poyezdda Marg‘ilondan Qo‘qonga keldi. Bu turdagi zamonaviy transport harakati Farg‘ona vodiysi hayotida tarixiy voqea bo‘ldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu elektrichka harakati yaqin kunlarda yanada kengayadi va Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon shaharlari o‘rtasida qatnay boshlaydi. Bu aholi uchun juda katta qulaylik yaratadi. Ushbu transport zamonaviy, tezyurar, qulay, xavfsiz. Qishda issiq, yozda salqin, har qanday ob-havo sharoitida barqaror yuradi. Soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Har bir elektrichka 6 vagondan iborat.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimiz temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish, aholiga qulay, arzon va xavfsiz transport xizmati ko‘rsatish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari o‘rtasida elektrichkalar harakati yo‘lga qo‘yilayotgani bu boradagi muhim qadamlardan bo‘ladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu yo‘nalishlar uchun 5 elektrichka modernizatsiya qilindi. Natijada transport vositalarining tashqi va ichki qiyofasi butunlay o‘zgargan. Vagonlarga konditsioner, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Xorijdan yana 10 elektropoyezd keltirish rejalashtirilgan.

Joriy yilda Farg‘onadan Marg‘ilongacha bo‘lgan temir yo‘lni elektrlashtirish ishlari yakunlanadi.

Prezidentimiz mazkur turdagi temir yo‘l transporti qatnovining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ilgari Farg‘ona vodiysida elektropoyezd qatnaydi desa, birov ishonmasdi. Endi Qo‘qondan Andijonga bir soatda yetib borish mumkin. Bu ham xalqimizning uzog‘ini yaqin qilish borasidagi, odamlar manfaatini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasidir, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, Farg‘ona shahar vokzali binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirish – xalqimiz farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir