Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.12.2017 10:13 Chop etish versiyasi

Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

DSC_0534-1.jpg

Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta’kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

A’lo Abdullayev (surat), O‘zA
1 020






Все о погоде - Pogoda.uz