Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.12.2017 19:27 Chop etish versiyasi

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga tashrif buyurdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.

Tadbirda samimiy do‘stlik munosabatlarining ifodasi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 dona “Isuzu” rusumli avtobus va “New Holland” markali 3 ta traktor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan birodar Afg‘onistonga hadya etilgani e’lon qilindi.

Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
6 102