Toshkent shahrida 26-27 mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahrida 26-27 mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli anjumanni keng, sifatli va tezkor yoritish uchun poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida barcha qulayliklarga ega xalqaro matbuot markazi tashkil etildi.

O‘zA muxbiri matbuot markazi rahbari – mazkur konferensiya matbuot kotibi Sherzodxon Qudratxo‘jayev bilan konferensiyani yoritishga ko‘rilgan tayyorgarlik haqida suhbatlashdi.

— Matbuot markazi bugungi globallashuv sharoiti va konferensiyani yigirmadan ortiq mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida to‘laqonli va samarali yoritish zaruratini inobatga olib eng zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlandi. Konferensiya matbuot markazimizga translatsiya qilinadi. Jurnalistlar shu yerda o‘tirib, O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo‘ladigan asosiy tadbirlarni monitor orqali kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

Anjumanni yoritish uchun 250 dan ortiq mahalliy va 20 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositasi vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Jumladan, AQSh, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, Rossiya, Yaponiya OAVlari konferensiyani yoritishda qatnashadi.

Anjumanda AQSh, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Eron, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, BMTdan nufuzli delegatsiyalar, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralari sokinlikni talab qiladi. Shuning uchun turli shov-shuvlarni tarqatib tinchlik muzokaralariga xalaqit bermaslik, qilingan ishlarni hurmat qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Buni inson sifatida tushunishingizni xohlardim.

Afg‘onistondagi notinchlik dunyodagi yalpi xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishini hamma biladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi kampaniyasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratishini ta’kidladi. Qisqa davrda Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan munosabatlarda yangi sahifalar ochdi.

Mamlakatimizni va afg‘on diyoridan Amudaryo ajratib turadi. Qo‘shnichiligimiz tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Hatto O‘rta asrlarda oramizda Amudaryodan boshqa hech qanday chegara bo‘lmagan, xalqlarimiz bir hududda yashab ijod qilgan. Temuriylar davrida Movarounnahrdagi taraqqiyot, yuksalish qo‘shni hududlarning ham gullab-yashnashiga hissa qo‘shgan. Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur kabi ajdodlarimiz ilmu ziyosidan xalqlarimiz birdek bahramand bo‘lgan. Shu jihatdan, Afg‘oniston yurtimiz uchun tarixiy-madaniy va sivilizatsiya jihatidan yaqin qo‘shni. Bizni yagona din, o‘xshash madaniy qadriyatlar, bir-biriga hamohang an’ana va odatlar ham yaqinlashtirib turishini inobatga olsak, ushbu davlatda tinchlik o‘rnatilishi O‘zbekiston uchun muhim. Zero, xalqimizning “Qo‘shning tinch – sen tinch” degan maqoli bejiz aytilmagan.
O‘zbekiston jug‘rofiy joylashuvi tufayli dengiz yo‘liga faqat uchinchi davlatlar orqali chiqish mumkin. Afg‘oniston hududi biz uchun Hind okeani va Fors ko‘rfaziga chiqishga eng qisqa yo‘l. Ushbu davlatda tinchlik bo‘lishi O‘zbekistonga mollari xavfsiz olib o‘tilishini ta’minlaydi.

Mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishi ikki tomon uchun ham foydali. Chunki Afg‘onistonning ko‘p millionli aholisini qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash iqtisodiy samaradorlik keltiradi. Bu yurtda tezroq barqarorlik bo‘lib, qadim zamonlardan davom etib kelgan savdo aloqalari kengayishidan xalqlarimiz birdek manfaatdor.

Prezidentimiz 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyoda izchil taraqqiyotni ta’minlash qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidladi. Noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi konferensiyada Afg‘onistonning mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga ko‘maklashish birinchi galdagi vazifalardan ekanini qayd etdi. Ushbu g‘oyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida Afg‘onistonda
tinchlik o‘rnatish bo‘yicha konferensiya o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Bo‘lajak konferensiya qo‘shni davlatda tinchlik bo‘lishidan manfaatdor tomonlar uchun interfaol maydon yaratmoqda. Chunki Afg‘onistondagi tinchlikdan nafaqat mintaqa, balki boshqa davlatlar ham manfaatdor. Bugun dunyoda yangi-yangi keskinlik o‘choqlari paydo bo‘lmoqda. Toshkent tomonlarni murosaga keltirish bo‘yicha avval ham maydon vazifasini o‘tagan. O‘zbekiston bu gal ham shunday ezgu jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

Konferensiya kunlari matbuot markazida jurnalistlar uchun Afg‘oniston tarixi, dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, xalqining hayoti haqida taniqli siyosatshunoslar, ilmiy doiralar vakillari ishtirokida seminar-treninglar, sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazish mo‘ljallangan. Ushbu tadbirlarda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan siyosiy muloqot guruhlari faoliyati haqida so‘z yuritiladi, O‘zbekiston ilgari surayotgan amaliy tashabbuslar bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglanadi. O‘ylaymizki, matbuot markazi anjuman davomida jurnalistlar uchun xolis va to‘laqonli axborot olish makoni bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro konferensiya matbuot markazining ochilish marosimi 23 mart kuni televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi: jurnalistlar uchun xolis va to‘laqonli axborot maydoni yaratiladi