O‘zA O`zbek

10.08.2018 16:45 Chop etish versiyasi

Abdulla Qodiriy bog‘i zamonaviy parkka, turizm maskaniga aylantiriladi

Abdulla Qodiriy bog‘i zamonaviy parkka, turizm maskaniga aylantiriladi
Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bog‘ni zamonaviy parkka aylantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari bog‘ markazida Abdulla Qodiriyning muhtasham haykalini o‘rnatish, bog‘ni boshqalardan ajralib turadigan qilib qurish, bu yerda adib yashagan davrni aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

7d22519d-5efb-62b6-a41e-80658898b932.jpg

Chorsu bozori va Gulbozor mahallasida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, bu tarixiy joyda turizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz shu yerda mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

O‘zA
2 644