Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Siyosat

Andijon shahri kelasi 3 yilda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi

20.05.18 16:01

Andijon shahri kelasi 3 yilda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili viloyatga tashrifi doirasida Andijon shahrining Sulton Jo‘ra nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan 7 qavatli 5 ta uy-joy bilan tanishib, bu yerni yangi massivga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev: “Harbiylarimiz ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kuchli bo‘lishlari kerak”

20.05.18 14:31

Shavkat Mirziyoyev: “Harbiylarimiz ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kuchli bo‘lishlari kerak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda bo‘ldi. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar va yangi Mudofaa doktrinasi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Harbiylar bilan muloqot qildi.

Andijonda 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish belgilandi

20.05.18 6:53

Andijonda 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish belgilandi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi. «Viloyatda joriy yilda 25 mingta ish o‘rni yaratish nazarda tutilgani bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Chunki ishsizlar soni bundan yuqori. Hokimlar, sektorlar rahbarlari investitsiya va texnologiya olib kelib, sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishga, shu orqali odamlarni ish bilan ta’minlashga ko‘mak berishi kerak» dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida maxsus Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlarni keng safarbar qilish hisobiga 51 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish bo‘yicha reja ishlab chiqilgani qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yana bir qishloq obod bo‘ldi

19.05.18 21:16

Yana bir qishloq obod bo‘ldi

Prezidentimiz Ulug‘nor tumanidagi Shahrobod mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, odamlar bilan muloqot qildi.

Prezident Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi

19.05.18 16:01

Prezident Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kubada yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Migel Mario Dias-Kanelga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev: Asosiy maqsadimiz odamlarni rozi qilish

19.05.18 12:34

Shavkat Mirziyoyev: Asosiy maqsadimiz odamlarni rozi qilish

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon tumani Xakan qishlog‘ida “Milana textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish loyihasi bilan tanishgan edi.

Shavkat Mirziyoyev: har bir oila tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi kerak

19.05.18 11:44

Shavkat Mirziyoyev: har bir oila tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati misolida “Har bir oila tadbirkor” dasturi konsepsiyasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu konsepsiya mehnat bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka o‘rgatish orqali ularga daromad manbai yaratib berishga qaratilgan.

Prezident Andijonga keldi

19.05.18 10:24

Prezident Andijonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezident Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi

19.05.18 9:15

Prezident Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19 may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston – AQSH: strategik sheriklikning yangi davri

18.05.18 3:34

O‘zbekiston – AQSH: strategik sheriklikning yangi davri

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.


Yangiliklar :