![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Samimiy qutlovlar03.09.2010 22:16 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Kanada xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston Respublikasi xalqiga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar yo’llash menga mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu yil Kanada bilan O’zbekiston o’rtasidagi do’stona munosabatlar yangi rivojlanish pog’onasiga ko’tarilgani bilan tarixga kiradi. So’nggi vaqtlarda mamlakatlarimiz o’rtasida yuksak maqomdagi delegatsiyalar tashriflari ko’paygani hamda ko’p tomonlama forumlar doirasidagi yaqin hamkorligimiz faollashgani ikki tomonlama aloqalarimiz rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Kelajakka yaxshi umidlar bilan boqib, ishonch bilan ayta olamanki, o’zaro munosabatlarimiz kelasi yil yanada rivojlanadi. Ehtirom ila, Mishel Jan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! Sizni O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etishga hamda mamlakatingizga yanada izchil ravnaq va taraqqiyot tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni izhor qilishga ijozat bergaysiz. Fursatdan foydalanib, shuni ishonch bilan ta’kidlaymanki, Sloveniya Respublikasi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik bundan buyon ham o’zaro hurmat va hamjihatlik ruhida kengayib, mustahkamlanib boraveradi. Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz. Danilo Tyurk, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o’zimning samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo’llash menga ulkan sharaf va mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekistonning birodar xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman. Kamoli ehtirom ila, Muhammad Husniy Muborak, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo’llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga esa tinchlik-xotirjamlik va taraqqiyot tilayman. Kamoli ehtirom ila, Qobus bin Said, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! Mamlakatingiz Mustaqillik kuni bilan Siz, Janobi Oliylarini Qatar xalqi va o’z nomimdan samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o’rtasida qaror topgan do’stona munosabatlar bundan buyon ham rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi. Fursatdan foydalanib, Sizga sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekiston xalqiga tinchlik va ravnaq tilayman. Shayx Hamad Xalifa al-Soniy, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Iordaniya hukumati, xalqi va shaxsan o’z nomimdan Siz, Janobi Oliylarini, O’zbekiston hukumati va xalqini samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekiston xalqiga esa yanada izchil taraqqiyot va farovonlik tilayman. Kamoli ehtirom ila, Abdulla II, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekistonning milliy bayrami munosabati bilan o’z nomimdan hamda Tunis hukumati va xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylarini samimiy muborakbod etish va Sizga sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekistonning birodar xalqiga esa taraqqiyot va ravnaq tilash menga mamnuniyat baxsh etadi. Fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz o’rtasidagi birodarlik va hamkorlik rishtalari qardosh xalqlarimizning mushtarak manfaatlari yo’lida yanada izchil rivojlanishi va mustahkamlanishining tarafdori ekanligimni izhor etishga ijozat bergaysiz. Zayn al-Obidiyn bin Ali, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu! Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga, O’zbekiston hukumati va xalqiga o’zimning samimiy tabriklarimni yo’llab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Umid qilamanki, biz mamlakatlarimiz o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz. Kamoli ehtirom ila, Vassalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu! Hoji Hassanal Bolkiax, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanayotgan ushbu ajoyib fursatdan foydalanib, Janubiy Afrika Respublikasi xalqi va hukumati hamda shaxsan o’z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga, O’zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga eng samimiy tabriklarni izhor etish menga sharaf va mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik tilashga ijozat bergaysiz. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi yaqin do’stlik rishtalari mustahkamlanaversin! Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni yana bir bor izhor etishga ijozat bergaysiz. Jeykob Zuma, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga, O’zbekiston hukumati va xalqiga Shri-Lanka hukumati va xalqi nomidan yo’llayotgan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. Shri-Lanka bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar do’stlik va o’zaro hurmat tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, mamlakatlarimizning hamkorligi bundan buyon ham xalqlarimizning mushtarak manfaatlari va farovonligi yo’lida kengayib, mustahkamlanib boraveradi. Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz. Maxinda Rajapaksa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu! Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Islom taraqqiyot banki nomidan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklar yo’llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Fursatdan foydalanib, Parvardigordan mamlakatingizga yanada ravnaq va taraqqiyot ato etishini so’rayman. Bank rahbariyati O’zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini ta’kidlashga ijozat bergaysiz. Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz. Doktor Ahmad Muhammad Ali, So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |