Siyosat

Samimiy qutlovlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga, 30.08.2010 00:17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va xalqingizga shaxsan o‘zim va vatandoshlarim nomidan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida turli jabhalarda yaqin munosabatlar o‘rnatildi. Germaniya kelajakda ham mamlakatingizni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish jarayonida ishonchli hamkor bo‘lishga tayyor.

2010 yilning aprelida “Termiz” aeroportidan foydalanish to‘g‘risida yangi bitimning imzolanishi munosabati bilan mamlakatlarimiz hukumatlari xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi alohida sheriklik munosabatlarini yangiladi va kelgusida ham biz bu munosabatlarni o‘zaro manfaatlarimiz yo‘lida qo‘llab-quvvatlashni istaymiz.

Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, O‘zbekiston xalqiga doimiy tinchlik, ozodlik, xavfsizlik va farovonlik tilayman.

Ehtirom bilan,

Kristian Vulff,
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo‘llash, Sizga baxt-saodat, mamlakatingiz xalqiga farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.

Akixito,
Yaponiya Imperatori

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarimni izhor etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlar umumiy tarixiy hamda madaniy merosga asoslanadi. Biz O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarimizni yuksak qadrlaymiz. Ishonchim komilki, ko‘p tomonlama aloqalarimiz kelajakda ham rivojlanib, yanada mustahkamlanib boraveradi.

Ushbu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga chin dildan mustahkam sihat-salomatlik, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Kamoli ehtirom bilan,

Pratibxi Devisingx Patil,
Hindiston Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlov va tabriklarimni yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.

Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona munosabatlar izchil mustahkamlanib bormoqda. Hamkorligimiz ko‘plab sohalarni qamrab olgan. Hindiston ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada rivojlantirish tarafdoridir.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqiga farovonlik tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul qilgaysiz.

Kamoli ehtirom bilan,

Manmoxan Singx,
Hindiston Bosh vaziri

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingizning milliy bayrami munosabati bilan Gretsiya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan yo‘llayotgan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz. O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq, Sizga sihat-salomatlik tilayman.

Karolos Papulias,
Gretsiya Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Bolgariya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan yo‘llayotgan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz, do‘st o‘zbek xalqiga esa tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Fursatdan foydalanib, Bolgariya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini hamda Yevropa ittifoqi bilan mamlakatingiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro hamjihatlikni kengaytirishga ko‘maklashishga tayyor ekanimizni yana bir bor ta’kidlashni istayman.

Shaxsan Sizga sihat-salomatlik, o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman, muhtaram Prezident Janoblari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Georgi Prvanov,
Bolgariya Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Aziz birodarim!

Sizni va qardosh O‘zbekiston xalqini milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan shaxsan o‘zim va Turkiya xalqi nomidan samimiy tabriklayman.

Xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiylik va birodarlik tuyg‘ulari yuz yillar mobaynida shakllangan mushtarak tariximiz va madaniyatimizga asoslanadi. Ishonchim komilki, ushbu o‘zaro do‘stlik va birodarlik tuyg‘ulari davlatlarimiz o‘rtasidagi eng katta boylik – hamjihatlik va birdamlikning, shuningdek, xalqlarimizning ozod va farovon kelajagining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Mintaqaning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston bilan barcha jabhalardagi munosabatlarni mustahkamlash Turkiya uchun strategik ahamiyatga ega.

Sizning oqilona rahnamoligingizda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda va xalqaro miqyosda xavfsizlik, barqarorlik va tinchlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan, Siz, Janobi Oliylarini turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar rahbarlarining 2010 yilning 15-16 sentabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida qutlashdan g‘oyat mamnun bo‘lur edik.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.

Abdulla Gul,
Turkiya Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Bismillohir rahmonir rahiym!

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylari va O‘zbekiston xalqini samimiy tabriklashga ijozat etgaysiz.

Umid qilamanki, bizning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz davlatlarimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

Parvardigordan Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston hukumati va xalqiga tinchlik-osoyishtalik va baxt-saodat ato etishini tilayman.

Mahmud Ahmadinejod,
Eron Islom Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan Singapur xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga mamnuniyat baxsh etadi.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston Sizning dono rahbarligingizda bundan buyon ham izchil rivojlanib boraveradi. Umid qilamanki, Siz, Janobi Oliylari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin do‘stona aloqalar va hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi hamkorligimiz davom etaveradi.

Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Samimiy ehtirom bilan,

Sellapan Ram Natan,
Singapur Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ sanasi munosabati bilan Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.

Biz xalqlarimizni asrlar davomida bog‘lab turgan do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalarini qadrlaymiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning boy salohiyatidan foydalanish uchun bor kuchimizni sarflashga tayyormiz.

Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik bundan buyon ham tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot yo‘lida izchil rivojlanaveradi.

Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, mustahkam sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga farovonlik, tinchlik-xotirjamlik tilashga ijozat bergaysiz.

Ehtirom ila,

Imomali Rahmon,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan chin dildan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirib, keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yo‘lidan borib, yuksak natijalarga erishdi va jahon hamjamiyatidan o‘zining munosib o‘rnini egalladi.

Ushbu fursatdan foydalanib, Qirg‘iziston bundan buyon ham Qirg‘iziston-O‘zbekiston hamkorligini yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ochiqlik prinsiplari asosida yanada samarali rivojlantirish va kengaytirish tarafdori bo‘lib qolishini ta’kidlashga, bu borada Siz ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, chin dildan sihat-salomatlik, o‘ta mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Roza Otunboyeva,
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!

O‘zbekistonning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Ishonchim komilki, Gruziya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi an’anaviy samimiy va do‘stona munosabatlar kelgusida ham xalqlarimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlanaveradi.

Sizning oqilona rahnamoligingizda qardosh O‘zbekiston o‘z mustaqilligini mustahkamlab, xalqaro nufuzini yuksaltirgan holda erishayotgan muvaffaqiyatlarni barchamiz yuksak qadrlaymiz.

Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, chin dildan mustahkam sihat-salomatlik, o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.

Ehtirom ila,

Mixail Saakashvili,
Gruziya Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.

Fursatdan foydalanib, Moldova Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi bundan buyon ham davlatlarimizning barqaror rivojlanishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishiga qat’iy ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.

Janobi Oliylari, o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Sizga bildirayotgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Mixay Gimpu,
Moldova Respublikasi Prezidenti
vazifasini bajaruvchi

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Falastin xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo‘llash va qardosh O‘zbekiston xalqiga bayramni katta shodiyonalar bilan nishonlash tilagini bildirish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu muhim sana xalqingizga ezgulik, farovonlik va barqarorlik olib kelsin.

Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik tilayman. Xalqlarimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari yanada mustahkamlanaversin va rivojlanaversin!

Kamoli ehtirom ila,

Mahmud Abbos,
Falastin Ozodlik Tashkiloti
Ijroiya Qo‘mitasi Raisi,
Falastin Milliy Ma’muriyati Raisi

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingiz mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan chin dildan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Fursatdan foydalanib, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan buyon ham mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlari yo‘lida yanada rivojlanaverishiga ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.

Sizga chin dildan mustahkam sihat-salomatlik va o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Kim Yen Nam,
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
Oliy Xalq Yig‘ini Prezidiumi Raisi

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama