Siyosat

Samimiy qutlovlar

27.08.2010 22:29

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!

Sizni O’zbekistonning Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman.

O’tgan yillar mobaynida Sizning rahnamoligingizda mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy yangilanishlarni amalga oshirishda, o’zining xalqaro nufuzini yuksaltirishda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi.

Rossiya-O’zbekiston hamkorligi strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida izchil rivojlanmoqda. Ishonch bilan qayd etish mumkinki, mamlakatlarimizni nafaqat umumiy tarix, ayni paytda turli sohalarda birgalikda erishilayotgan yutuqlar ham bir-biriga yaqinlashtiradi. Bizning Siz bilan doimo samarali bo’lib kelgan ochiq muloqotlarimiz ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga, amaliy masalalarni tezkor va samarali hal etishga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Ishonchim komilki, bunday yaqin hamjihatlik biz uchun bundan buyon ham o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbol va yo’nalishlarini ochaveradi, ayni paytda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sizga mustahkam sihat-salomatlik, O’zbekiston xalqiga farovonlik tilayman.

Dmitriy Medvedev,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingizning yaqinlashib kelayotgan milliy Mustaqillik kuni bilan Sizni va butun O’zbekiston Respublikasi xalqini muborakbod etish menga katta mamnuniyat baxsh etadi. Joriy yilning aprel oyida mamlakatingizga tashrifim, uning asnosida ko’rsatilgan izzat-ikrom va xalqingiz madaniyatidan olgan taassurotlarim bir umr yodimda qoladi.

Ushbu fursatdan foydalanib, Qirg’iziston janubida fojeali voqealar sodir etilgan chog’da O’zbekistonning bag’rikenglik va vazminlik bilan tutgan pozitsiyasi uchun samimiy minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O’zbekiston rahbariyatining Qirg’iziston janubidan kelgan odamlarni kutib olish va qabul qilishga tayyorligi gumanitar inqiroz bartaraf etilishiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.

Sizni ishontirib aytamanki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti O’zbekiston xalqi farovonligi hamda Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo’lida hamkorligimizni yanada mustahkamlashga tayyordir. Sizning kelasi oyda Nyu-Yorkka bo’ladigan tashrifingiz chog’ida Siz bilan muzokara o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lamiz, degan umiddaman.

Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

Pan Gi Mun,
BMT Bosh kotibi

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Koreya Respublikasi hukumati va xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston Respublikasi xalqiga o’zimning samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

Fursatdan foydalanib, shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror rivojlanmoqda. Do’stona aloqalarimiz va hamkorligimiz kelgusida ham ikki tomon uchun foyda keltiraverishiga ishonchim komil.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat, barcha xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul etgaysiz.

Li Myon Bak,
Koreya Respublikasi Prezidenti

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!

O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali mamlakatingizning birodar xalqiga o’zimning samimiy qutlov va tilaklarimni izhor etishdan mamnunman.

Aminmanki, mamlakatlarimiz o’rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ikki tomonlama munosabatlar xalqlarimiz farovonligi yo’lida o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun puxta zamin bo’lib xizmat qiladi.

Ushbu ajoyib fursatdan foydalanib, Sizga chin dildan mustahkam sihat-salomatlik, xush kayfiyat, kuch-g’ayrat, O’zbekistonning birodar xalqiga esa tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman.

Kamoli ehtirom ila,

Gurbanguli Berdimuhamedov,
Turkmaniston Prezidenti

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!

Mamlakatingizning milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan Belarus xalqi va shaxsan o’z nomimdan Sizni va O’zbekiston xalqini samimiy muborakbod etaman.

Aminmanki, Belarus Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi ikki tomonlama aloqalarning mavjud ulkan salohiyatini to’la ishga solishga, xalqlarimiz farovonligi yo’lida bir-birimizni qo’llab-quvvatlagan va hurmat qilgan, mamlakatlarimizning manfaatlarini inobatga olgan holda, do’stona munosabatlarimizni rivojlantirishga butun kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Sizga, muhtaram Islom Abdug’aniyevich, chin dildan mustahkam sihat-salomatlik va davlatni boshqarishdek mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.

Ehtirom ila,

Aleksandr Lukashenko,
Belarus Respublikasi Prezidenti

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Indoneziya Respublikasi hukumati va xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston xalqiga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklarimni yo’llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.

Ushbu fursatdan foydalanib, kelgusida Indoneziya bilan O’zbekiston o’rtasidagi do’stona munosabatlar va ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib boraveradi, deb ishonch bildirishga ijozat bergaysiz. Ishonchim komilki, mamlakatlarimiz bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo’lida ko’p tomonlama asosda hamkorlikni davom ettiraveradi.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul qilgaysiz.

Doktor X. Susilo Bambang Yudxoyono,
Indoneziya Respublikasi Prezidenti

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami nishonlanishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga va barcha hamyurtlaringizga ezgu tilaklarim bildirilgan qutlovlarimni yo’llashdan g’oyat baxtiyorman. Parvardigorga iltijo qilib, o’z sa’y-harakatlarini iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy ne’matlardan barcha birdek foydalana oladigan yanada ahil jamiyat barpo etishga, eng muhim umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lishga yo’naltirgan hech bir bandasidan o’z inoyatini darig’ tutmaslikni so’rab qolaman. Yaratgandan Siz, Janobi Oliylariga va butun mamlakatingiz xalqiga ro’shnolik va barakot nozil qilishini so’rayman.

Benedikt XVI,
Rim Papasi

* * *

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Bosniya va Gersegovina hukumati nomidan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz.

Fursatdan foydalanib, ishonch bildiramanki, O’zbekiston Respublikasi bilan Bosniya va Gersegovina o’rtasidagi do’stona munosabatlar xalqlarimiz farovonligi yo’lida bundan buyon ham rivojlanib boraveradi.

Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

Doktor Xaris Silayjich,
Bosniya va Gersegovina Prezidiumi Raisi

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama