![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Samimiy qutlovlar26.08.2010 22:24 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Prezident Janobi Oliylari! O’zbekistonning milliy bayrami munosabati bilan Sizga o’zimning samimiy qutlovlarimni, mamlakatingiz va xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilab bildirgan ezgu istaklarimni yo’llashdan baxtiyorman. Fursatdan foydalanib, mamlakatingiz bilan siyosiy muloqotni davom ettirish, shuningdek, iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamda oliy o’quv yurtlari doirasidagi munosabatlarimizni mustahkamlash va diversifikatsiya qilish g’oyalariga sodiq ekanimni ta’kidlashga ijozat bergaysiz. Munosabatlarimiz va hamkorligimiz ravnaqi demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga, huquqiy davlat va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonchim komil. Umid qilamanki, ikki tomonlama munosabatlarimiz Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasidagi muloqot va hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Yaqinda Qirg’izistonda ro’y bergan fojiali voqealar chog’ida mamlakatingiz qochqinlarni qabul qilib, ulkan xayrli ishlarni amalga oshirdi va shu tariqa vaziyat barqarorlashishiga ko’maklashdi. Sizni ishontirib aytamanki, Fransiya ushbu inqiroz bilan bog’liq voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda va Qirg’izistonda huquqiy davlat imkon qadar tez tiklanishi tarafdoridir. Muhtaram Prezident Janoblari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz. Nikolya Sarkozi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Janobi Oliylari! Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va O’zbekiston xalqini chin dildan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni qabul etgaysiz. Samimiy ehtirom ila, Elizaveta II, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Janobi Oliylari! Sizni va mamlakatingiz xalqini O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami bilan chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Mamlakatingizning mustaqillik kuni nishonlanayotgan ushbu ayyomda Sizni ishontirib aytamanki, Slovakiya Respublikasi xalqlarimiz farovonligi va mamlakatlarimiz manfaatlari yo’lida do’stona munosabatlarimiz va o’zaro hamkorligimizni rivojlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor beradi. Sizning Slovakiyaga buyurajak tashrifingiz buning yorqin dalili bo’ladi. Sizga va butun O’zbekiston Respublikasi xalqiga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman. Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz. Ivan Gashparovich, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Islom Abdug’aniyevich! Sizni va Siz orqali butun O’zbekiston xalqini mamlakatingizning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan o’z nomimdan va Ozarboyjon xalqi nomidan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Ko’p asrlar mobaynida mustahkam rishtalar bilan bog’langan xalqlarimizning orzu-umidlari va xohish-irodasi Ozarboyjon-O’zbekiston munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ishonchim komilki, biz bundan buyon ham o’zaro ishonch va hamjihatlikka asoslangan har tomonlama do’stona aloqalarimizni, davlatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashni, shuningdek, hamkorligimiz ko’lamini kengaytirishni birgalikda izchil davom ettiraveramiz. Ushbu ulug’ ayyomda, muhtaram Islom Abdug’aniyevich, mening eng ezgu tilaklarim va tabriklarimni qabul etgaysiz, Sizga mustahkam sog’liq, ishlaringizda muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman. Ehtirom ila, Ilhom Aliyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Davlatingiz mustaqillik kuni munosabati bilan Saudiya Arabistoni xalqi, hukumati va shaxsan o’z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga eng ezgu tilaklar va samimiy istaklarimni yo’llashdan bag’oyat mamnunman. Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, birodar O’zbekiston xalqiga esa davomiy taraqqiyot va ravnaq tilayman. Samimiy ehtirom ila, Birodaringiz Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saud, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Mamlakatingiz mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga ezgu tilaklar va samimiy istaklarimni yo’llashdan mamnunman. Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, birodar O’zbekiston xalqiga esa taraqqiyot va ravnaq tilayman. Samimiy ehtirom ila, Birodaringiz Sulton bin Abdulaziz Ol Saud, So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |