Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan AQSH Davlat kotibining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

18.06.2010 20:24

Shu yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan AQSH Davlat kotibi Hillari Klintonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida keyingi vaqtlarda Qirg‘iziston janubida, O‘sh shahri va Jalolobod viloyatida yuz bergan fojiali voqealar muhokama qilindi.

AQSH Davlat kotibi Qirg‘iziston janubida va, birinchi navbatda, O‘zbekiston hududidagi qochqinlar lagerlaridagi, Qirg‘iziston bilan chegaradosh tumanlardagi vaziyat bilan tanishtirildi.

Qirg‘iziston janubidan o‘tgan qochqinlarni qabul qilish, ularni joylashtirish, barcha ehtiyojmandlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ular uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish, oziq-ovqat bilan ta’minlash, shuningdek, qochqinlar lagerlari uchun zarur yordamni tashkil qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan chiqish yo‘llari va, avvalo, Qirg‘izistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Qochqinlarga bevosita yordam ko‘rsatish va falokat sodir etilgan tumanlar aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish, Qirg‘iziston janubida va butun mamlakat hududida vaziyatni tezroq barqarorlashtirish masalalari AQSHning diqqat markazida turgani qayd etildi.

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama