![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Matbuot markazi anjumanga tayyorO'zA, 08.06.2010 09:26
Toshkent shahrida 10-11 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tadi. Sammit ochilishi oldidan keng ko’lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Sammitning bosh forumini yoritishda Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, Hindiston, Pokiston, Eron, Mo’g’ulistonning turli ommaviy axborot vositalaridan uch yuzga yaqin vakil, qariyb 200 nafar mahalliy jurnalist qatnashadi. SHHTning xalqaro maydondagi ahamiyati va nufuzi yuksalib, faoliyati samaradorligi izchil oshib borayotgani jahonda katta qiziqish uyg’otmoqda. Toshkent sammitini nafaqat mazkur tashkilotga a’zo, kuzatuvchi, mehmon sifatida taklif etilgan davlatlar, balki ko’plab boshqa mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari, nufuzli xalqaro nashrlar, yirik axborot agentliklari va telekanallar vakillari ham yoritib borish istagini bildirgani buning dalilidir. Sammit doirasidagi tadbirlarni keng, sifatli va tezkor yoritish uchun “O’zekspomarkaz“da barcha qulayliklarga ega xalqaro matbuot markazi tashkil etildi. Sammit kunlari jurnalistlar ish olib boradigan ushbu markaz eng yuksak talablarga javob beradigan zamonaviy texnika – elektron namoyish stendlari, set-top-box, optik-tolali va mobil aloqa vositalari bilan jihozlangan. Davlat rahbarlari kengashining majlisi va sammitning boshqa tadbirlaridan xost-brodkasting shaklida televizion translyatsiya tashkil qilinadi, O’zA tomonidan SHHT forumining asosiy voqealari foto-xostingi ochiladi. Markazda sammit arafasida va anjuman bo’lib o’tadigan kunlar jurnalistlarning to’laqonli va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. So‘nggi yangiliklar: To‘kinlik, farovonlik va baraka omili Xolisona tahlil va tanqid ruhida |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |