Siyosat

Qonun va amaliyot

O‘zA, T.Botirbekov, 12.03.2010 20:17

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini tubdan yaxshilash, hayotga samarali tatbiq etilishini ta’minlaydigan protsessual mexanizmlar yaratish lozimligini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish istiqbollariga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida shular haqida gap bordi. Tadbir parlament quyi palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasining oliy o‘quv kurslari hamkorligida tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, huquqshunos olimlar, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Mazkur qo‘mita raisi N.Ismoilov boshqargan yig‘ilishda amaldagi qonunlarni yanada takomillashtirish, amaliyotda qay darajada samara berayotganiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada jamoatchilik, ayniqsa, qonunlarni qo‘llayotgan amaliyotchilarning fikrini o‘rganib borish tajribasidan keng foydalanish masalalari bugungi kunda deputatlar oldida turgan muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimi sohasida, xususan, jazolarni liberallashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar o‘z samaralarini bermoqda. Huquq-tartibotni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalashda qonun hujjatlarining sifatli va tushunarli bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan taklif hamda fikr-mulohazalar bildirildi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama