![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
O‘zbekiston va Yaponiya orasida hujjat imzolandiO‘zA, 01.03.2010 21:56 Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sutomu Xiraoka 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Oripov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari barcha jabhalarda, jumladan, madaniyat sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Yaponiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotir. Mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniyat sohasida ham yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. Xususan, O‘zbekiston-Yaponiya arxeologik ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatining Qoratepa, Kampirtepa va Dalvarzintepa hududlarini tadqiq qilish bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Muzokarada hamkorlikda o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston bilan Yaponiya hukumatlari o‘rtasida madaniyat sohasida beg‘araz yordam dasturi doirasida Almashuv notalari imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrining ovoz, yoritish, audiovizual uskunalarini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 33,2 million iyen (qariyb 330 ming AQSH dollari) ajratiladi. Ushbu loyiha Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 3 fevralda qabul qilingan Yaponiya hukumatining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrini maxsus jihozlar bilan ta’minlash uchun ajratilgan grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganidan mamnunmiz, – dedi Sutomu Xiraoka. – Imzolangan ushbu hujjat O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |