![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
O‘zbekiston Prezidenti AQSHning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildiO‘zA, 19.02.2010 19:30
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 19 fevral kuni Oqsaroyda AQSHning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbrukni qabul qildi. Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatish ishida O‘zbekiston-AQSH munosabatlari samarali asoslarda yanada rivojlanishining qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi va oziq-ovqat ta’minotida, transport kommunikatsiyalari barpo etish borasida amaliy yordam ko‘rsatib, uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishida ishtirok etmoqda. Jumladan, 2010 yildan Afg‘onistonga uzatilayotgan elektr energiyasi hajmi bir necha barobar oshirildi. O‘zbekistonlik mutaxassislar Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lini qurmoqda. Mamlakatimiz hududi orqali Afg‘onistonga katta miqdorda gumanitar yuk yetkazib berilmoqda.
Oqsaroydagi uchrashuvda Richard Xolbruk samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, AQSH ma’muriyati mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. AQSH maxsus vakili Afg‘oniston mojarosini hal qilishda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Suhbat chog‘ida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |