![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Oqsaroyda qabulO‘zA, 16.02.2010 20:58
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 16 fevral kuni Oqsaroyda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Xaruxiko Kurodani qabul qildi. Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston ko‘plab nufuzli xalqaro moliya muassasalari bilan faol hamkorlik qilayotganini, ayniqsa, OTB bilan aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. OTB O‘zbekistonning ko‘p yillik va ishonchli sherigi sifatida mutaxassislarimiz ishtirokida iqtisodiyotning ko‘plab sohalarini qamrab olgan mamlakatimiz bilan hamkorlik strategiyasini izchil ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda. OTBning joriy yil may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tadigan 43-yillik majlisi mazkur nufuzli xalqaro moliya muassasasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi forumi bo‘ladi. Bu O‘zbekistondagi takomillashib borayotgan iqtisodiy islohotlar modeli samaradorligi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganidan dalolatdir. Mamlakatimiz 1995 yilda OTBning teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘tgan davrda transport infratuzilmasi, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim tizimi, kichik biznes va boshqa ko‘plab sohalarni rivojlantirish bo‘yicha strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollaridan ortiq kredit resurslari muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirildi. Bugun O‘zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan xalqaro moliya institutlari orasida taqdim etilgan kreditlar hajmi bo‘yicha OTB yetakchi o‘rinda turadi. Oqsaroydagi uchrashuvda Xaruxiko Kuroda samimiy qabul uchun mamlakatimiz Prezidentiga minnatdorlik bildirib, OTB O‘zbekiston bilan iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan OTB o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi. So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |