![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
Sarhisob va rejalarO‘zA, SH.Xudoyberganov, 16.02.2010 19:07 Urganch shahrida 2009 yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 29 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor vazifalari ijrosiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Xorazm viloyati hokimi O.Ollaberganov boshqardi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini yanada oshirish imkonini bermoqda. Xususan, Xorazm viloyatida 2009 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,4 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 3,2, qishloq xo‘jaligida 6,1, chakana savdo aylanmasida 15,5 foiz, pullik xizmat ko‘rsatishda 8,1 foiz o‘sishga erishildi. Elektr energiyasi va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida “Urganch sharob”, “Urganch yog‘” aksiyadorlik jamiyatlarida, “Xorazmpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasida 7,6 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ tejab qolindi. Istiqbolsiz korxonalarni tugatish va restrukturizatsiya qilish bo‘yicha 2009 yilga mo‘ljallangan hududiy dastur doirasida 15 korxonada ishlab chiqarish hajmi 6,3 milliard so‘mga oshdi, 600 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Mahalliylashtirish dasturi asosida sakkizta loyiha amalga oshirilib, 3,1 million AQSH dollari miqdorida valuta iqtisod qilindi. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yengil sanoat korxonalarining quvvatini oshirish yuzasidan muayyan ishlar olib borildi. Hisobot davrida viloyatdagi sakkizta yengil sanoat korxonasi tomonidan 9,2 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘tgan yili viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmida mazkur subyektlarning ulushi 67,4 foizga yetdi. Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar qilish hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish ustuvor yo‘nalishga aylandi. O‘tgan yili viloyat iqtisodiyotiga 219,3 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritildi. Sanoat sohasiga jalb qilingan 17,6 milliard so‘mlik investitsiya evaziga 458 kichik korxona tashkil etildi. Faollar yig‘ilishida ijtimoiy-iqtisodiy sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama etildi. Raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Xonqa va Bog‘ot tumanlarida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotgani, “Xorazm ipagi” aksiyadorlik jamiyati, “Hazorasp tekstil”, “Urganch baxmal” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va “Xorazm-Nurtop” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida eksport hajmi, “Urganch o‘t o‘rish mashinalari”, “Mini akkumulator” korxonalarida mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlaridan ancha past ekani tanqid qilindi. Yig‘ilishda joriy yilda aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yanada oshirish bilan bog‘liq muhim vazifalar belgilab olindi. Xorazm viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Xo‘jayev so‘zga chiqdi. So‘nggi yangiliklar: |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |