Siyosat

Tahlil va tanqid ruhida

O‘zA, M.Sulaymonov, 12.02.2010 13:02

Farg‘ona viloyati faollarining 2009 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda Prezident Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati hokimi H.Ne’matov boshqargan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, o‘tgan yilda viloyatda xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida muayyan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, 2008 yilga nisbatan yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari 6,3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish 6,8 foiz, xizmat ko‘rsatish va servis 24,5, chakana savdo aylanmasi 14,6 foiz o‘sdi.

Viloyatda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, investitsiyalarni jalb etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida sezilarli ishlar bajarildi. Xorijiy sarmoyalar ishtirokida 12 korxona tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish borasida ham aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 31 hududiy korxonada belgilangan loyihalar bajarilib, 90 million AQSH dollari miqdorida valuta tejab qolindi.

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi asosida 290 milliard so‘mlikdan ortiq ishlar bajarildi. Farg‘ona va O‘zbekiston tumanlarida namunaviy loyihalar asosida 40 yangi uy-joy bunyod etildi. Shuningdek, viloyatda aholi bandlik darajasini oshirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 90 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Shundan 71 foizi qishloq joylari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yig‘ilishda qator sohalarda ayrim kamchilik va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgani tanqid qilindi. Xususan, viloyatdagi “Farg‘ona furan birikmalari”, “Qo‘qonmash” kabi korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi pasayib ketdi. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan oltita loyiha bajarilmay qoldi. Yozyovon, Rishton, Uchko‘prik tumanlarida birorta ham xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona tashkil etilmadi. Shuningdek, viloyatda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida ham sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.

Yig‘ilishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Oripov so‘zga chiqdi.

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama