O‘zA O`zbek

11.07.2019 14:13 Chop etish versiyasi

Sarmishsoyning o‘ziga tortadigan yana bir jihati nimada?

Sarmishsoyning o‘ziga tortadigan yana bir jihati nimada?

Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan Sarmishsoy darasi va uning atrofidagi soylarda 10 mingdan ortiq petrogliflar borligi aniqlangan. Rasmlarning asosiy qismi soyning o‘rta qismida joylashgan zich toshli qoyatoshlarga o‘yib ishlangan.

“Ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanuvchi majmua durdonalari 1966 yildan boshlab olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Sarmishsoyning odamlarni o‘ziga tortadigan yana bir jihati — bu uning maftunkor tabiati. Dara, ayniqsa, ko‘klam kelishi bilan ajib go‘zallik kasb etadi.

Bugungi kunda Sarmishsoy petrogliflari nafaqat respublika, balki jahon miqyosida ajdodlarimizdan qolgan eng sara gavhar — madaniy yodgorlik sifatida tan olingan.


photo5276104347039673067.jpg

photo5276392152798177952.jpg

photo5276392152798177954.jpg

photo5276443774010108935.jpg

photo5276443774010108936.jpg

photo5276443774010108937.jpg

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA
348