O‘zA O`zbek

27.06.2019 15:37 Chop etish versiyasi

Prezident maktablari uchun imtihon qanday bo‘ladi?

Prezident maktablari uchun imtihon qanday bo‘ladi?

Bu boradagi savollarga javob berish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari boshlandi.

Prezident maktablariga jami 28 446 talabgor hujjat topshirgan. Ulardan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o‘tish imkoniga ega bo‘lishgan.

Ana shu o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun Toshkent, Xiva, Nukus va Namangan shaharlarida 2019 yil 26-27-28 iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (orientation day) – saralash bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadigan bino bilan tanishish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bu tadbirlarda o‘quvchilar va ularning ota-onalari imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlarni olmoqda. Unda imtihon shartlari, tartib-qoidalari haqida maslahatlar berilmoqda.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) joriy yil 29 iyun – 3 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Quyida poytaxtimizdagi “O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasida Toshkent shahridagi Prezident maktabiga saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari jarayonidan fotolavhani e’tiboringizga havola etamiz.

1.jpg

3.jpg

7.jpg

9.jpg

Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
1 749