O‘zA O`zbek

09.07.2019 21:05 Chop etish versiyasi

Margʻilon katta taraddudda

Margʻilon katta taraddudda

Margʻilonda joriy yilning 11-13-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor festivaliga katta taraddud koʻrilmoqda. Shaharning qay burchagiga bormang, mehmonnavoz el xorijliklarni katta tantana va margʻiloncha anʼanalar bilan kutib olish uchun tayyorgarlik koʻrayotganiga guvoh boʻlasiz.

Festivalda Margʻilon shahriga 30 davlatdan 200 ga yaqin mehmon va ishtirokchilar tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Fargʻona viloyatidagi “Chodirjamol”, “Kabutar”, “Qoʻqon yor-yori”, “Omonyor”, “Shodiyona”, “Qoʻshchinor”, “Soʻx chashmasi” folklor-etnografik jamoalari ushbu festivalda ishtirok etish maqsadida eng sara dasturlarini tayyorlamoqda.

33.JPG

27.JPG

26.JPG

18.JPG

15.JPG

5.JPG

Muqimjon QODIROV olgan suratlar, OʻzA
711