O‘zA O`zbek

05.07.2019 15:41 Chop etish versiyasi

Kulolchilik markazida xorijliklar uchun bevosita ish jarayoni ko‘rsatiladi

Kulolchilik markazida xorijliklar uchun bevosita ish jarayoni ko‘rsatiladi

Samarqand tumanining “Konigil” mahallasida tayyorlanayotgan Samarqand qog‘ozi butun dunyoga mashhur. Shu bois bu mahalladan xorijlik sayyohlarning qadami uzilmaydi. Samarqand qog‘ozi tayyorlanadigan “Konigil meros” xususiy korxonasi yaqinida tashkil etilgan Kulolchilik markazi ham kelgusida turistlarning sevimli maskanlaridan biriga aylanishi shubhasiz.

Usta-hunarmand Ilhom Bobomurodov tomonidan tashkil qilingan markazning e’tiborga molik jihati, bu yerda mahallada yashovchi o‘quvchi-yoshlar bo‘sh vaqtlarida kelib, ushbu hunar sirlarini o‘rganishlari mumkin. Kulolchilikka qiziqqanlari esa ustaga shogirdlikka tushib, mazkur kasbni puxta o‘zlashtirishga kirishmoqda. Ayni paytda markazda ana shunday yoshlarustoz-shogird an’anasiga muvofiq kasb o‘rganmoqda.

– Samarqand azaldan usta-hunarmandlar markazi bo‘lib kelgan, – deydi Ilhom Bobomurodov. – Shu bois, yoshligimizdan kulolchilikka mehr qo‘yib, ushbu kasbni o‘rgandim. Xorijliklar uchun biz yasayotgan kulolchilik mahsulotlari ularning yasalish jarayoni juda qiziq. Shuning uchun mazkur markazni tashkil qildik. Birinchi navbatda mahallamiz yoshlari kasb o‘rganadi. Bundan tashqari xorijliklarga bu yerda bevosita ish jarayoni ko‘rsatiladi. Agarda xohlovchilar bo‘lsa, o‘zlariga biror buyum yasab ko‘rish imkonini yaratamiz.


3.JPG

5.JPG

8.JPG

13.JPG

14.JPG

15.JPG

16.JPG

17.JPG

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA
465