O‘zA O`zbek

03.07.2019 18:29 Chop etish versiyasi

FOTOTANQID

FOTOTANQID

Madaniyat va istirohat bogʻlarida ahvol qanday?

Jazirama kunlarda istirohat bogʻlariga boruvchilar har qachongidan koʻp boʻladi.

“Hozirgi kunda madaniyat va istirohat bogʻlari oʻz nomiga munosibmi?” degan savolga javob izlash maqsadida Navoiy shahri markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi (zero, bogʻning biror joyida ulugʻ ajdodimiz nomi zikr etilganiga koʻzingiz tushmaydi) madaniyat va istirohat bogʻiga bordik. Bogʻ ichida 2 ta favvora boʻlib, ikkalasi ham taʼmirga muhtoj. Attraksionlarning ham deyarli barchasi taʼmirtalab. Xullas, bogʻ 2019-yilgi mavsumni tayyorgarliksiz boshlagan, deb bemalol aytish mumkin. Agar viloyat markazida ahvol shunday boʻlsa, tumanlarda qanday ekan, degan savolga hojat qolmaydi, shekilli.

photo5251431623939959849.jpg

Zikr etilgan bogʻ hududida joylashgan mini-futbol maydonchalari achinarli ahvolda. Yoritish chiroqlari ichiga allaqachon qushlar in qurib olgan. Koʻrinadiki, tungi paytda ushbu chiroqlardan futbol maydonchasini yoritishda foydalanib boʻlmaydi. Bundan tashqari, maskandagi ishchilarning birortasida maxsus forma yoki beyjik yoʻq. Baʼzi attraksionlarda uchish narxi umuman yozilmagan. Bogʻ atrofidagi obodonlashtirish ishlari ham nomiga bajarilmoqda. Nega?

Soʻnggi paytlarda yurtimizga sayyohlar tashrifi koʻpayib bormoqda. Xususan, Navoiy viloyatiga keladigan turistlar tarixiy maskanlarni koʻrib, oʻtmishimizga baho bersa, madaniyat va istirohat maskanlarida bugungi madaniy taraqqiyotimizni baholaydi. Shu ahvolda baho qanday boʻlishini oʻzingiz tasavvur qilib olavering.

photo5251431623939959850.jpg

Axir odamlar muzqaymoq yeyish yoki oʻyin-kulgi qilish uchungina madaniyat va istirohat bogʻiga bormadi-ku!? Ular oʻz nomi bilan madaniyat maskani, tarbiya oʻchogʻi boʻlishi kerak. Bogʻlarda qadriyatlarimizni aks ettiradigan tadbirlarni koʻpaytirish lozim. Kitob oʻqish, sport bilan shugʻullanish, dam olish uchun ham barcha sharoitlar boʻlishi kerak.

Mutasaddi rahbarlar bunga nima deydi?

photo5251431623939959852.jpg

photo5251431623939959854.jpg

photo5251431623939959851.jpg

photo5251431623939959853.jpg

photo5253754131800238837.jpg

OʻzA fotomuxbiri Siroj ASLONOV olgan suratlar
872