O‘zA O`zbek

10.07.2019 18:07 Chop etish versiyasi

Andijonda ilk bor sportning qoidasiz jang turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Andijonda ilk bor sportning qoidasiz jang turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Andijonda ilk bor sportning qoidasiz jang turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi.

Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjondan 28 nafar sportchi ringga ko‘tarildi.

– Turnir mamlakatimizda yettinchi bor tashkil etilayotgan bo‘lsa, Andijonda birinchi marta o‘tkazilmoqda, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov. – Jang olib borayotganlar orasida o‘z mamlakatlarining ko‘p karra chempionlari, xalqaro musobaqalar g‘oliblari bor.

Juftliklar 14 vazn toifasida 3 raund davomida kurash olib bordilar. O‘zbekistonlik Farhod Xolmatov tojikistonlik Akmal Ne’matovni birinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi. Yana bir vakilimiz Shahzod Sobirov xuddi shunday tarzda tojikistonlik Umrbek Tilaberganovdan ustun keldi. O‘z navbatida Aleksandr Abramov (Rossiya) Farruh G‘afforovni (O‘zbekiston) dastlabki besh daqiqadayoq taslim qildi. Qolgan janglar ham qiziqarli, murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.


3.JPG

7.JPG

9.JPG

11.JPG

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA
322