Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 17:31 Chop etish versiyasi

Zukko bilimdonlar saralandi

Termizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida respublika fan olimpiadasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu an’anaviy bilimlar bellashuvi iste’dodli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, ularning izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, fan sirlarini puxta egallashiga ko‘maklashish, intilishlarini munosib rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Sinovlarning ochiqligi, xolisligini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, umumta’lim maktablarining tajribali pedagoglari jalb etildi. Ota-onalarning olimpiada o‘tkazilishini kuzatishi uchun ham barcha sharoit yaratildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchinchi bosqich o‘quvchilari bellashuvlarida har bir fan bo‘yicha yozma ish va test sinovlarida yetarli ball to‘plagan 14 nafar g‘olib olimpiadaning mamlakat bosqichida qatnashib, o‘z bilimini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi.

– O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi F.Hoshimova. – Zamonaviy ta’lim muassasamizda biz, yoshlarning fan sirlarini puxta egallashimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi olimpiadaning mamlakat bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yanada puxta tayyorgarlik ko‘raman.

Ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasidagi bellashuvda 5 o‘g‘il-qiz birinchi o‘rinni egallab, 2017-2018 o‘quv yilida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

Fan olimpiadasining viloyat bosqichida eng yuqori ball to‘plagan bir guruh o‘quvchilar biologiya, matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha viloyat jamoasi tarkibida xalqaro fan olimpiadasiga boruvchi mamlakat jamoasini shakllantirish bahslarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
2 751






Все о погоде - Pogoda.uz