Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 15:50 Chop etish versiyasi

Nukus shahrida O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati foydalanishga topshirildi

Nukus shahrida O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati foydalanishga topshirildi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari chog‘ida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati qurilishi bilan tanishgan va loyihani yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar bergan edi.

O‘tgan qisqa vaqtda qurilib foydalanishga topshirilgan mazkur maskanda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratildi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘lgan davlat umumta’lim maktab-internati 216 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Muassasada 100 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali, laboratoriya, kutubxona, axborot-texnologiyalari xonasi zamonaviy jihozlangan. Turli tillardagi adabiyotlarni qoraqalpoq tiliga tarjima qilish bo‘limi, kitoblar chop etish uchun mo‘jaz bosmaxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

– O‘quvchilar 5-sinfdan boshlab test sinovlari asosida qabul qilindi, – deydi ushbu maktab-internati direktori P.Palimov. – Bu yerda o‘quvchilarning har tomonlma chuqur bilim olishi, iste’dodini yanada rivojlantirishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit muhayyo.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida, olis ovullaridagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq yangrab, "Mustaqillik darslari" va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlagan “Xotira darslari” bo‘lib o‘tdi. Ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 37 ming 360 bolaga 12 nomdagi o‘quv qurollari solingan Prezident sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 653






Все о погоде - Pogoda.uz