Prezidentimiz taklifi va ko‘rsatmalari asosida Xo‘jayli tumanidagi 69-umumta’lim maktabida joriy yil mart oyidan mukammal ta’mirlash ishlari boshlandi. “Baxt Miratdin qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ta’mirlanayotgan maktab Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida shu yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Xo‘jayli tumanidagi 69-umumta’lim maktabida ham bo‘lib, maktablar infratuzilmasini yanada yaxshilash, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

– Davlatimiz rahbari tashrifidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi tizimida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Qodirboy Bekturdiyev. – Umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, 40 umumta’lim maktabi, 20 maktabgacha ta’lim muassasasi binosini yangidan qurish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ikki maktab davlat byudjeti mablag‘i hisobidan, 38 maktab investitsiya kiritish yo‘li bilan ta’mirlanayotir. 3 maktab binosi yangidan qurilib, 2017-2018 o‘quv yilida foydalanishga topshiriladi.

– Davlatimiz rahbarining tashrifi ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi, – deydi maktab direktori Tozagul Abdurahmonova. – Maktabimiz hayotida tub burilish bo‘ldi. O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun juda keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Maktab binosining tom qismini yangilash, eshik-romlarni zamonaviylariga almashtirish, isitish tizimida ko‘mir va gazda ishlaydigan ixcham qozonxonalar o‘rnatish nihoyasiga yetkazildi. Elektr tarmog‘i butunlay yangilanib, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi. So‘nggi pardozlash va obodonlashtirish ishlari avjida. O‘quvchilarimiz yangi o‘quv yilini butunlay yangicha qiyofa kasb etgan zamonaviy maktabda boshlaydi. Bu barchamiz uchun o‘ziga xos bayram sovg‘asi bo‘ladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili yangilangan maktabda