Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 20:45 Chop etish versiyasi

Toshkent moliya institutida innovatsion-o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi

Toshkent moliya institutining kredit-iqtisod fakulteti tomonidan Xalq banki va “Fido-Biznes” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan innovatsion-o‘quv laboratoriyasining taqdimoti o‘tkazildi.

Institut rektori B.Begalov, Xalq banki raisi o‘rinbosari Sh.Otaboyev va boshqalar mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Toshkent moliya institutida yetakchi tijorat banklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan bitiruvchilarni ishga joylashtirish, talabalarning malaka amaliyotlarini bank muassasalarida tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday hamkorlik natijasida 2016-yilda Xalq banki tizimiga institutning 120 ga yaqin bitiruvchisi ishga qabul qilindi. Bank xodimlari institutda o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslarida muntazam ishtirok etayotir.

– Innovatsion-o‘quv laboratoriyani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikma va kasb malakasini oshirishga qaratilgan, – deydi institutning kredit-iqtisod fakulteti dekani N.Oblomurodov. – Bu yerda ular tijorat banklarining dasturiy ta’minotlari, elektron to‘lovlar va interaktiv bank xizmatlari bo‘yicha bilimini boyitadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tadqiqotlar olib borish va innovatsion ishlanmalar yaratishda ham mazkur laboratoriya talabalar uchun muhim ilmiy baza vazifasini o‘taydi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
416






Все о погоде - Pogoda.uz