Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida abituriyentlar davlat test sinovlarini topshirdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida harbiylik sharafli kasbga aylanib, yoshlarning qiziqishi tobora ortmoqda. Harbiy sohani tanlagan yoshlar orasida istiqlol mevasi bo‘lgan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini tanlaganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Bu yil ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘tgan yilga qaraganda ko‘proq abituriyent hujjat topshirdi. Orzu qancha yuksak bo‘lsa, unga yetishish yo‘lidagi sinovlar ham shuncha mashaqqatli bo‘ladi. Bu yerda ham shunday, abituriyentlar belgilangan tartibda sinovlardan o‘tganidan so‘ng davlat test imtihonlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Test oldi sinovlari abituriyentlarning jismoniy ko‘rsatkichlari, bilimi va dunyoqarashi o‘tgan yilgi tengdoshlariga nisbatan ancha o‘sganini ko‘rsatdi, – deydi Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik M.Qo‘chqorov. – Abituriyentlar orasida harbiy yo‘nalishdagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini bitirgan, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, qism qo‘mondonligi tavsiyanomasini olgan yoshlar ham ko‘p.

Bilim yurtida davlat test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani abituriyentlar uchun katta qulaylik yaratdi. Barcha auditoriyalarda testlar belgilangan nizom va tartibga to‘liq mos holda o‘tkazildi.

– Bolaligimdagi uchuvchi bo‘lish orzuim harbiy xizmat davrida qat’iy maqsadga aylandi, – deydi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan kelgan Sh.Shuhratjonov. – Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi bilan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga test sinovlarini topshirib, dastlabki maqsadimga erishdim. Yetarli ball to‘plab, ofitser bo‘lish orzuimga yetishimga ishonaman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulkan maqsadlar yo‘lidagi birinchi sinov